Veronica Carlson




Veronica Carlson ( Veronica Mary Glazier ; 18-sentabr, 1944-yil, Angliyada tugʻilgan — 27-fevral, 2022-yilda vafot etgan) britaniyalik aktrisa boʻlib, Hammer horror films tomonidan suratga olingan dahshat janriga oid filmlardagi rollari orqali tanilgan. 2019-yilda u Rondo Hatton Classic Horror Awards Monster Kid shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Hayoti va faoliyati



Carlson Angliyada joylashgan West Riding of Yorkshire shahridagi Emley tumanida Veronica Mary Glazier ismi ostida uy xizmatchisi Edith (Allatt) va RAF zobiti William Glazierlarning qizi sifatida tugʻilgan. U bolaligining koʻp qismini otasi ishlaydigan Gʻarbiy Germaniyada oʻtkazgan. Veronica Thetford qizlar maktabida, Lady Verney High School maktabida, High Wycombe, keyinchalik esa, High Wycombe sanʼat va yexnologiya kollejida sanʼat boʻyicha tahsil olgan. Aynan shu yerda uning aktrisalik orzusi ushladi hamda kollej sharhlari va operettalarida qatnashadi.

Hammer Films kompaniyasi rahbari James Carreras gazetada uning fotosuratlaridan birini koʻrib, unga Dracula Has Risen from the Grave (1968) filmida Christopher Lee qarshi rol oʻynashni taklif qiladi. U yana ikkita Horror Films Production tomonidan suratga olingan filmlarida rol oʻynagan: Frankenstein Must Be Destroyed (1969) hamda The Horror of Frankenstein (1970). Veronicaning soʻzlariga koʻra, Hammer Horrorda ishlash unga katta iliq oilaning bir qismi boʻlgandek tuyulgan.

Shuningdek, u 1969-yilda Randall and Hopkirk (Deceased) kartinasing epizodi boʻlmish The Ghost Who Saved the Bank at Monte Carloda, Roger Moore bilanThe Saint televizion serialining ("The Man who Gambled with Life"; oxirgi 3ta epizoddan biri) epizodida hamda Department S TV serialining epizodi ("The Double Death of Charlie Crippen")da oʻzini namoyon qilgan.

Carlson Anthony Ainley, Roger Lloyd-Pack va Patricia Cutts bilan birga Spyder's Web (1972) teletriller serialining toʻrtta asosiy qahramonlaridan biri sifatida rol ijro etadi. Aktrisa 1975-yilda Public Eye filmida Ray Lonnen gavdalantirgan, qidiruvda boʻlgan bank oʻgʻrisi/gangster Knaggsning nemis qiz doʻsti Ingrid obrazi uchun kichik epizodda rol ijro oʻynagan.

Carlson 2022-yil 27-fevralda 77 yoshida vafot etdi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz