Verona




Verona — Italiyaning shim.sharqidagi shahar, Venesiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Venesiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orkali oʻtiladigan muhim transport yullari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. eronada xalqaro qishloq xoʻjaligi yarmarkalari bulib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.

Verona — qad. shahar. Miloddan avvalgi 89 yildan Rim koloniyasi, 489 yildan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-yildan Milanga, 1405-yilda Venesiyaga qoʻshib olingan. 1797-yildan Avstriya tarkibiga, 1866-yildan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. eronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va boshqa saqpangan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz