Vernadskiy haykali
Vernadskiy haykali — Kiyevdagi taniqli rus, ukrain va sovet olimi, Ukraina SSR Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Vladimir Ivanovich Vernadskiy, sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik. Akademik tavalludining 118-yilligi munosabati bilan 1981-yil 12-martda, Akademgorodok shahrida Pobedi shoh koʻchasi va uning nomidagi bulvar tutashgan joyda ochilgan.
Tavsif
Vernadskiyning qiyofasi, qizil granitning monolit blokidan qilingan: olim kresloda oʻtirib, chap qoʻlida mineral parchasini ushlab turadi; uning nigohi diqqat markazida. Haykal kubik poydevorga va baland boʻlmagan stilobatga oʻrnatilgan. Yodgorlikning balandligi 6 m dan ortiq: haykalning oʻzi 4,5 m, poydevori 2,0 m, stilobat 0,4 m.
Manbalar
uz.wikipedia.org