Vereshchagin Vasiliy Vasilevich




Vasiliy Vasilevich Vereshchagin [1842. 14 (26). 10, Cherepoves, Novgorod gubernyasi — 1904. 31. 3 (13.4), Port-Artur] — rus rassomi. Peterburg BA (1860—63) va Parijdagi Jerom ustaxonasi (1864—65)da taʼlim olgan. Say-yor rassomlar (peredvijniklar)ga yaqin boʻlgan. Batal janriga mansub koʻp sonli asarlarida urush dahshatlarini mahorat bilan koʻrsatgan. Turkistonni bosib olishda (1867-68, 1869-70), rus-turk (1877-78) va rus-yapon (1904-05) urushlarida rus qoʻshinlari safida qatnashgan. Chor Rossiyasining Turkistondagi bosqinchilik siyosatini yoqlagan, bu esa turkiy xalqlarni kamsituvchi, qonli urush manzaralari tasvirlangan asarlarida oʻz ifodasini topgan: "Bangilar" (1868), "Turkiston" turkumi (1871—74), "Toʻsatdan hujum" (1871), "Tantana" (1872), "Qul bolaning savdosi" (1872), "Temur darvozasi" (1872—73), "Zindon" (1873) va boshqalar.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz