Verakrus






Verakrus — Meksika shtati, mamlakatning jan.-sharqida, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 71,7 ming km. Aholisi 6,2 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Xalapa sh. Sharqiy Serra-Madre togʻlari yon bagʻriga tutashgan dengiz boʻyi pasttekisligida joylashgan. Tropik plantatsiya xoʻjaliklari (kofe, shakarqamish, apelsin, banan, ananas, kakao va b.) bor. Meksikaiing asosiy neft sanoati rayoni. Neft (Tampiko, Posa-Rika, Tuspana rayonlari) va tabiiy gaz (Posa Rika) olinadi va qayta ishlanadi. Qora metallurgiya (Berakrus sh.) rivojlangan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz