Vera Sultonova
Vera Andreyevna Sultonova (1917.30.7, Moskva) — Oʻzbekiston xalq artisti (1975). Qizil Armiya markaziy teatri qoshidagi bilim yurtini tugatgan (1937). Yermolova nomidagi teatrda (1938), Ryazan teatrida (1939—41), Toshkent yosh tomoshabinlar teatrida (1944—45), Sovet Armiyasining Sibir va Uzok, Sharq qismlariga xizmat qiluvchi estrada jamoasida (1945— 56), Stalingrad viloyat drama teatrida (1948—49) ishlagan; 1956—77 yillarda Toshkent rus yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa. S. satirik, lirik ruxdagi aktrisa boʻlib, uning ijodiga hayotiy detallardan omilkorlik bilan foydalanish xos. "Qorongʻulikdagi uchrashuv"da Varya, "Kambagʻallik ayb emas"da Lyubov Gordeyevna, "Zolushka"da oʻgay ona, "Uzoqyaqin yillar"da Mehri opa, "Amu qahramonlari"da Biyjon xoda kabi rollari bilan tanilgan. U, shuningdek, oʻgʻil bolalar obrazlarini ham mohirona ijro etgan: Alyosha Peshkov ("Alyosha Peshkov"), Buratino ("Oltin kalitcha") va boshqa.
Manbalar
uz.wikipedia.org