Vera Muratova




Vera Muratova ( ruscha: Вера Георгиевна Муратова; 1980-yil 3-iyulda tugʻilgan) — rossiyalik para ogʻir atletikachi. Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib o‘tgan 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar o‘rtasida 79 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Bir necha oy oʻtgach, Gruziyaning Tbilisi shahrida bo'lib oʻtgan 2021-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan.

Faoliyati



2012-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida 67,5 kg vazn toifasida 4-oʻrinni egalladi. 2012 va 2020-yillardagi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Rossiya sharafini himoya qilgan. 2020-yilgi yozgi Paralimpiya o'yinlarida Rossiya Paralimpiya qo'mitasi bayrog'i ostida ishtirok etgan.

2014-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib o'tgan para ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Vera Muratova bronza medalini qo'lga kiritdi. 2019-yil Qozog‘istonning Ostona shahrida boʻlib o‘tgan para ogʻir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Vera Muratova ayollar oʻrtasida 86 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan para ogʻir atletika boʻyicha 2021-yilgi Jahon chempionatida Muratova 143 kg natijani qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz