Vera Duyunova




Vera Illarionovna Duyunova (1945.11.4, Krasnodar - 2012.2.3, Toshkent) — voleybolchi, ikki karra olimpiada chempioni. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1995), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1968). ToshDU jurnalistika fakultetini tugatgan (1975). 1965—78 yillarda "Avtomobilist" (Toshkent) voleybol jamoasi hamda Oʻzbekiston voleybol terma jamoasi oʻyinchisi. Olimpiada oʻyinlarida 2 marta oltin medal bilan taqdirlangan (1968, Mexiko; 1972, Myunxen). Jahon chempioni (1970, Bolgariya), Jahon kubogining (Urugvay) va Butunjahon universiadasining gʻolibi (Moskva, 1973). Jahon birinchiligining kumush medal sovrindori (Meksika, 1974). 1982 y.dan Toshkentdagi 6-bolalar va oʻsmirlar olimpiya oʻrinbosarlari sport maktabi direktori. I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Adabiyot




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz