Vera Bulatova
Vera Andreyevna Bulatova (ruscha: Вера Андреевна Булатова; 1915-yil 30-sentabr, Moskva — 2014-yil 11-dekabr, Toshkent) — asli oʻzbekistonlik arxeolog, arxitektura tarixchisi va muzeyshunosi. Vera Bulatova umri davomida Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va tarixiga oid oʻttizdan ortiq asarlar yaratgan. Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Termiz va Toshkent oʻrta asr meʼmorchilik yodgorliklarini tadqiq qilgan. „Xiva meʼmoriy yodgorliklari“ („Архитектурные памятники Хивы“) kitobi va „Xorazm meʼmorchiligi yodgorliklari“ („Памятники зодчества Хорезма“) monografiyasi muallifi.
Shaxsiy hayoti
Vera Bulatova 1915-yilda Moskvada tavvallud topgan. 1934-yilda texnikumni tugatadi va Moskva shahar kengashining rejalashtirish boʻlimida ishlagan. 1935-yilda Vera Bulatova Bulatov Mitxat Sagatatdinovichga turmushga chiqadi. Vera Bulatova 1975-yilda nafaqaga chiqdi. 2014-yil 11-dekabrda Toshkent shahrida vafot etgan.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi Mitxat Sagatdinovich Bulatov (1907—2004), arxitektor, arxitektura tarixchisi, arxitektura fanlari doktori (1975). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi (1970), 1940—1962-yillarda Toshkent shahrining bosh meʼmori. Samarqand (1937—1938), Fargʻona, Qoʻqon va Kogon, Yangi Urganch, Toshkentning bosh rejasi (1952—1954), Toshkent va Samarqanddagi maʼmuriy va jamoat binolarini rekonstruksiya qilish bosh rejasi muallifi. 1992-yildan Xalqaro arxitektura akademiyasining faxriy aʼzosi.
Ilmiy faoliyati
Vera Bulatova Toshkentning arxitektura tarixi oʻrganish bilan mashhur boʻlgan. 1937—1938-yillarda Samarqand boʻyicha olib borgan tadqiqotlari maʼlum. 1940-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetiga oʻtadi. Galina Pugachenkova qoʻl ostida Turkmaniston landshaftlarini ustida ish olib borgan. Qadimgi va Yangi Niso, Anau, Pestak (Abiverd) va Amudaryo vodiysidagi bir qancha yodgorliklarni oʻz ichiga olgan hududda keng miqyosda qazish ishlarida ishlagan. 1948-yilda Vera Bulatova Kaaxkin tumanidagi Pestak, Xivaobod qadimiy aholi yashash manzillarida qazish ishlari olib bordi. Bogʻi qishlogʻdagi eski „qal’a“ (mustahkam Bayaandn minoralari)ni oʻrganish davom ettirildi.
1950—1957-yillarda Vera Bulatova Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligi arxitektura boshqarmasi qoshidagi Maxsus ilmiy restavratsiya ustaxonalarida ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan va Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Termiz va Toshkent oʻrta asr meʼmorchilik yodgorliklarining shakllanish tarixini oʻrgangan. Vera Bulatova oʻrta asrlarga oid Ichanqalʻa, Said Aloviddin maqbarasi, Uch avliyo maqbarasida birinchi arxeologik qazishmalar, Xorazm viloyatidagi yodgorliklarni tekshirish ishlarini olib borgan. Bu ishlarning natijalari „Xiva meʼmoriy yodgorliklari“ („Архитектурные памятники Хивы“) kitobi va „Xorazm meʼmorchiligi yodgorliklari“ („Памятники зодчества Хорезма“) monografiyasida oʻz aksini topgan. Ulugʻbek, Koʻkaldosh, Mir Arab madrasalari, Toqi Telpakfurushon, Buxorodagi Xoʻja Zayniddin majmuasining qurilish tarixi haqidagi ilk maʼlumotlar muallifi. Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va shu maydondagi uchta madrasada (Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori) qazish ishlari bilan shugʻullangan. Shahrisabz va Termizdagi maqbaralar haqida arxeologik maʼlumotlar toʻplagan. Turkiston (Qozogʻiston) shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi atrofidagi hududda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan. Toshkentning oʻrta asr meʼmorchiligi yodgorliklarini oʻrgangan, Zayniddin bobo (Orifon), Muhammad Qaffol Shoshiy, Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur maqbaralari, Baroqxon, Koʻkaldosh madrasalarida kichik qazishmalar qilgan. Vera Bulatova Toshkentning tarixiy topografiyasi haqida maʼlumot toʻplagan. Vera Bulatova Tillakori madrasasi boʻyicha qoʻllanma, Afrosiyobning janubiy shahar devori, Toshkent va Xorazm viloyatidagi madrasa va maqbaralar qazishmalari haqida ilmiy ishlar chop etgan.
1957—1975-yillarda Vera Bulatova Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Vera Bulatova Yahyo Gʻulomov boshchiligidagi ekspeditsiya tarkibida Buxoro viloyatining Qizilqir qishlogʻining bir qismini qazib olish ishlarida qatnashgan. Fargʻona vodiysidagi ilk oʻrta asrlarga oid Quva va uning atrofini oʻrgangan. Oʻzbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tarkibida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi 1956—1959-yillarda X. Muxamedov Quva qal’asining shimoli-gʻarbiy minorasida boʻlib, tarixiy obyektlarni koʻzdan kechirgan. 1959-yildan 1969-yilgacha Vera Bulatova Quvaning asosiy shahri shimolidagi 7-asrning turar joyi boʻlgan kichik tepalikda arxeologik tadqiqotlarni amalga oshirgan.
1967-yilda 1966-yildagi kuchli zilzila va Toshkent qayta tiklanganidan keyin uning rahbarligida shahardagi yangi binolarni arxeologik monitoring qilish uchun Toshkent arxeologiya otryadi tashkil etiladi va unda arxeolog Vera Bulatova ham bor edi. Dastlabki yillarda Eski shahar binolari ostida yashiringan Binkat aholi punktining chegaralari belgilab olinadi va ishlar boshlab yuboriladi. Tadqiqot guruhi Toshkentdagi deyarli barcha arxeologik yodgorliklarni qamrab olgan edi. Toshkentning Chilonzor massivining zamonaviy 13-kvartal hududidagi Qozoqmozortepa shular jumlasidan edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org