Vera Britten
Vera Meri Britten (1893-yil, 29-dekabr Buyuk Britaniya Saffolkda tug'ilgan, 1970-yil, 29-mart Buyuk Britaniya Uimbldonda vafot etgan) — ingliz yozuvchisi, feminist va xristian diniga mansub oʻz zamonasining koʻzga koʻringan patsifistlaridan biri boʻlgan.
Hayoti
Kelib chiqishi oʻziga toʻq oiladan boʻlgan yozuvchi, Oksford universitetining Somervil kollejida ingliz adabiyotini oʻrgangan. Biroq 1915-yilda koʻngilli hamshira sifatida Fransiya va Buyuk Britaniya shifoxonalarida xizmat qilish uchun oʻqishni tashlaydi. Uning ukasi, boʻlajak qalligʻi va ikkita eng yaqin doʻsti Fransiya, Italiya va Flandriyada boʻlib oʻtgan birinchi jahon urushi mobaynida frontda vafot etadi. Urushdan soʻng Vera oʻzi kabi yozuvchilik olamida hali yangi boʻlgan Vinifred Xoltbi bilan tanishadi. 1923-yilda esa Britten „Qora kunlar“ nomli asarini ommaga taqdim etadi. Oradan ikki yil oʻtgach yozuvchi mahalliy falsafashunos va politolog Jorj Ketlinga turmushga chiqadi. Ularning oʻgli Jon rassom, baronlar avlodi davomchisi boʻlmish qizi Shirli Uilyams oʻbroli olima, liberal demokratiya yoʻnalishida siyosatshunos sifatida faoliyat olib borib, keyinchalik mehnat vaziri lavozimiga koʻtarilib Buyuk Britaniyaning maxfiy kengashi aʼzosiga aylanadi. 1933-yilda chop etilgan Yoshlik ahdnomasi asari yozuvchiga katta shuhrat olib keldi. 1920-yildan boshlab Britten Millatlar Ligasida notiqlik qilgan, uning chiqishlarining asosiy mavzusi tinchlik va kelishuv oʻrnatish boʻlgan, hattoki ikkinchi jahon urushi paytida ham u urushni va harbiy harakatlarni oʻz nutqlarida qoralab chiqadi. Peace News jurnalida 1930-yildan boshlab uning nutqlari chop etiladi. 1945-yilda Vera Britten nomi hukumati tomonidan Qora roʻyxatga „natsist“ deya kiritiladi, bu roʻyxatda ismlari boʻlgan insonlarni nemis qoʻshini Buyuk Britaniyani egallab olishi bilanoq yoʻq qilish buyrugʻi berilgan.
Bibliografiyasi
1923-yilda "The Dark Tide". 1929-yil "Halcyon:Or, The Future of Monogamy "(To-day and To-morrow pamphlet Series).1933-yil "Testament of Youth". 1936-yil "Honorable Estate". 1940-yil "Testament of Friendship".1944-yil "Massacre by Bombing". 1957-yil "Testament of Experience". 1960-yil "The Women at Oxford; a fragment of a history"
Ekranlashtirilgan asarlar
2003-yil "The First World War"(kam sonli serial). 2008-yil "A Woman in Love and War: Vera Brittain". 2015-yil "Testament of Youth(Yoshlik Ahdnomasi)". 1979*-yilda BBC Two
Soʻngi Yillar
Oʻlimidan oldin Vera Britten uni Italiyaga, ukasining qabri yoniga koʻmishlarini vasiyat qiladi, ayolning soʻnggi istagini qizi Shirli bajaradi. Yozuvchining yorqin xotirasiga London va dunyoning koʻplab shaharlarida uning hayotiga aloqador boʻlgan uylar yonida devoriy belgilar osib qoʻyilgan. Brittenga tegishli qoʻlyozmalar hozirgi kunda McMaster, Gemilton va Oksford, Somervil kollejlari arxivlarida saqlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org