Venzdey
Wednesday — Charles Addams yaratgan Wednesday Addams qahramoniga asoslangan dahshatli komediya janridagi teleserial. Serial Alfred Gough va Miles Millar tomonidan yaratilgan. Bosh rollarni Jenna Ortega, Catherine Zeta-Jones, Luis Guzmán, Isaak Ordonez, Hunter Doohan, Gwendoline Christie, Riki Lindhome, Jamie McShane, Fred Armisen va Christina Ricci ijro etgan. Serialning sakkiz qismidan toʻrttasiga Tim Burton rejissyorlik qilgan. Serial sujeti oʻz maktabida dahshatli sirni bilishga intilayotgan qahramon atrofida aylanadi.
Suratga olish ishlari 2021-yil sentabridan 2022-yil martigacha Ruminiyada olib borilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabrda boʻlib oʻtgan. Serial chiqarilganidan keyin ikki hafta ichida ingliz tilidagi Netflix’ning eng koʻp tomosha qilingan uchinchi serialiga aylandi.
Mazmuni
Serialning bosh qahramoni — Wednesday Addams, Addamslar oilasi aʼzolaridan biri, Gomez va Morticia Addamsning yagona qizi, Nevermore akademiyasining talabasi boʻladi. U oʻzining ruhiy qobiliyatlarini egallashga, Jericho shahrini qoʻrquvga solgan maxluqning dahshatli qotilliklarini toʻxtatishga va 25 yil oldin ota-onasi aralashgan sirni aniqlashga harakat qiladi hamda bularning barchasi uning Nevermore akademiyasidagi yangi va juda chalkash munosabatlari fonida yuz beradi.
Aktyorlar tarkibi
Bosh qahramonlar
Ikkinchi darajali rollar
Epizodlar
Qismlar
Ishlab chiqarish
Serial ustida ish boshlanishi haqidagi dastlabki maʼlumotlar 2020-yilning kuzida paydo boʻlgan. Loyihada aniq kimlar ishtirok etayotgani hali maʼlum emas edi hamda OAV Morticia va Gomez rolini Helena Bonham Carter va Johnny Depp ijro etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan (bu maʼlumot tasdiqlanmagan).
2021-yil fevral oyida Netflix 8 qismdan iborat boʻlgan serial loyihasini rasman eʼlon qilgan. Alfred Gough va Miles Millar loyihaning bosh prodyuseri, Tim Burton esa rejissyori etib tayinlangan. Keyinchalik Jenna Ortegaga bosh rol, Catherine Zeta-Jonesga Morticia roli, Louis Guzmanga esa Gomez rollari berilgan.
Serialni suratga olish ishlari 2021-yil 13-sentabrda Ruminiyaning Buxarest shahrida boshlangan va 2022-yil 30-martda oʻz yakuniga yetgan. 17-avgust kuni Netflix oʻzining YouTube kanalida serialning birinchi tizerini chiqargan.
Musiqasi
Serialda Rolling Stones tomonidan ijro etilgan „Paint It Black“, Metallicaning „Nothing Else Matters“ va Dua Lipaning „Physical“ treklari kabi bir nechta pop qoʻshiqlardan foydalanilgan.
Relizi
„Wednesday“ serialining birinchi treyleri 2022-yil 17-avgustda chiqarilgan, undan soʻng toʻliq treyler 9-oktabrda namoyish etilgan. „Wednesday“ premyerasi 2022-yil 16-noyabr kuni Los-Anjelesdagi „Hollywood Legion Theater“ teatrida boʻlib oʻtgan. Uning sakkizta epizodi Netflix’da 2022-yil 23-noyabrda chiqarilgan.
Ommalashishi
Tomoshabinlar
Whip Media kompaniyasi tomonidan yigʻilgan TV Time ijtimoiy televideniye tarmogʻi foydalanuvchilarining maʼlumotlariga koʻra, „Wednesday“ platformadagi har qanday Netflix original seriyasining ikkinchi eng koʻp tomosha qilish uchun oldindan obuna boʻlgan tomoshabinlari bor serial boʻlgan ("The Witcher" dan keyin). Serial ingliz tilidagi Netflix seriali uchun soatlar boʻyicha haftada eng koʻp koʻrilgan rekordga ega boʻlib, uning birinchi haftasida soatiga jami 341,2 million marta tomosha qlingan va avvalgi rekordchi „Stranger Things 4“ filmidan (soatiga 335.01 million marta) oldinga chiqib olgan. „Wednesday“ 6-dekabr kuni platforma tarixida eng koʻp tomosha qilingan ingliz tilidagi Netflix seriali sifatida uchinchi oʻrinni egallagan. „The Independent“ nashrining egasi Jacob Stolworthy serialning mashhurligini „misli koʻrilmagan“ deb atagan va bu boshqa bir nechta spin-off teleseriallarining rivojlanishini tezlashtirishi mumkinligini aytgan.
Ommaviy madaniyatda
„Wednesday“ chiqqandan soʻng, Wednesday Addamsning raqsi TikTok’da muxlislar tomonidan Lady Gaga ijro etgan „Bloody Mary“ qoʻshigʻiga moslashtirilgan va raqs trendga aylangan. Trendda Kim Kardashian, Amelia Dimoldenberg, Marina Diamandis va Lady Gaganing oʻzi ham ishtirok etgan. Bu holat Spotify’da „Bloody Mary“ qoʻshigʻi tinglovlari sonining yuqori suratda oʻsishiga olib keldi. Serialning toʻrtinchi qismidagi original raqsda ijro etilgan 1981-yilgi The Cramps tomonidan aytilgan „Goo Goo Muck“ qoʻshigʻining ham mashhurligi oshib bordi. Billboard maʼlumotlariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻshiqning tinglov soni 2,500 dan 134 000 ga yetgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org