Venom: Let There Be Carnage




Venom: Let There Be Carnage Marvel Comicsdan tushirilgan Venom personajiga asoslangan hamda Marvel va Tencent Pictures bilan hamkorlikda Columbia Pictures tomonidan ishlangan superqahramonlar haqidagi AQSh filmidir. Sony Pictures Releasing tomonidan tarqatilgan bu kinokartina Venom (2018) filmi sikvelidir. Film rejissori Andy Serkis, ssenariyni esa Kelly Marcel Tom Hardy bilan birga yozgan (Hardy ushbu filmda bosh qahramon Eddie Brock / Venom rolini ijro etgan). Filmda bosh rollarni Hardy, Michelle Williams, Naomie Harris, Reid Scott, Stephen Graham va Woody Harrelson jonlantirishgan. Film voqealarida, Brock kelgindi simbiot boʻlmish Venomning tanasiga xoʻjayinlik qilishga boʻlgan intilishlariga qarshi kurashar ekan, bu paytda serialli qotil Cletus Kasady (Harrelson) Venomning chalkash urugʻi — Carnage bilan birlashib, qamoqdan qochishga muvaffaq boʻladi.

Venom: Let There Be Carnage filmini suratga olish toʻgʻrisida rejalar birinchi filmni suratga olish davomida boshlangandir. Harrelson Venom filmi soʻngida Kasady oʻlaroq koʻrinish berib oʻtadi, negaki u filmning ikkinchiqismida yovuz Carnage sifatida qaytadi. Filmning davomini suratga olish boʻyicha ilk qadam 2019-yilning yanvarida boshlangan. Hardy va Harrelson Marcel bilan birga ssenariynavislar oʻlaroq qaytishi tasdiqlangan. Serkis avgust oyida filmga rejissor sifatida olingan (qisman CGI va harakat qaydi texnologiyasi bilan tajribasi tufayli, negaki filmdagi bosh qahramonlar boʻlmish Venom va Carnageni jonlantirishda bu muhimdir). Suratga olish ishlari Angliyadagi Leavesden studiyasida 2019-yilning noyabridan to 2020-yilning fevraligicha boʻlib oʻtdi, qoʻshimcha suratga olsih ishlari fevral oyida San Francisco shahrida boʻlib oʻtdi. Film nomi 2020-yilning aprelida eʼlon qilindi. Film „Maximum Carnage“ (1993) komiksi va Oʻrgimchak-odam (1994) multseriali voqealaridan ilhomlangandir.

Venom: Let There Be Carnage filmining umumjahon premyerasi 14-sentabr 2021-yilda Londonda boʻlib oʻtdi, AQShda esa shu yilning 1-oktabridan kinoteatrlarda namoyish etildi. Filmni dastlab 2020-yilning oktabrida chiqarish rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli bu muddat uzaytirildi. Film jahon boʻylab $502.1 million jamgʻardi.

Rollarda




Relizi



Manba : IMDb.com[5]

Venom: Let There Be Carnage filmi premyerasi ilk bor 2021-yil 14-sentabrda Londonda muxlislar uchun boʻlib oʻtdi, AQShda esa 2021-yil 1-oktabrda IMAX formatida chiqarildi. Aslida, ushbu kinokartina 2020-yil 2-oktabr sanasida chiqarilishi kerak edi, biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli film premyerasi 2021-yil 25-iyunga qadar uzaytirildi. Keyinchalik, film premyerasi 2021-yil 17-sentabrga koʻchirildi. 2021-yil avgust oyida AQShda Delta koronavirusining yangi shtammi avj olgan bir paytda filmning premyerasi 2021-yil oktabr oyiga, yakuniy sanaga uzaytirildi.

Tanqid



Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Venom: Let There Be Carnage haqida 236 ta maqola yigʻilib, ulardan 60 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Originalining gʻayritabiiy birlashishini xush koʻradigan muxlislar uchun moʻljallangan sikvel film boʻlmish Venom: Let There Be Carnage, franshizaning ahmoqonaroq tomonlarini ishtiyoq bilan qamrab oladi.“

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz