Veniamin Albetkov




Veniamin Valeyevich Albetkov (tatarcha: Ибнеәмин Вәли улы Альбетков Albetkov) (18-aprel[1 may] 1917-yil 17-aprel 1984-yil) sovet askari va ofitseri, Markaziy frontning 60 — armiyasi 121 — oʻqchi diviziyasining 383-oʻqchi polk 2-oʻqchi bataloni komandiri. Sovet Ittifoqi qahramoni mayor , polkovnik isteʼfoda chiqdi..

Biografiyasi



Urushdan oldingi yillar



Xizmatchi oilada tugʻilgan. Toshkent toʻqimachilik texnikumining uch kursini tamomlagan. 1939-yildan qizil armiya safida. 1941-yilda Yaroslav harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagan.

Buyuk Vatan urushi



Urush frontlarida 1941-yil iyun oyida hizmat qilgan . 1943-yilning kuzida shahri yaqinida Albetkov bataloni jangchilari olti yuzgacha dushman askarini yoʻq qildilar. Albetkov bataloni nemislar tomonidan Oster shahri yaqinidagi Desna daryosini kesib oʻtishni toʻxtatdi. 26-sentyabrda Albetkov batalonning Dnepr orqali oʻtishini, shuningdek, plazdarmni ushlab turishni tashkil etdi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1943-yil 17-oktyabrdagi farmoni bilan oʻqchi batalonni mohirlik bilan boshqarganligi, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi va shu bilan birga jasorat va qahramonlik koʻrsatganligi uchun mayor Albetkov Veniamin Valeyevichga Lenin ordeni va "Oltin Yulduz"medali bilan Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.

1960 — 1962-yillarda oziq-ovqat doʻkonlari direktori oʻrinbosari, 1962 — 1963-yillarda Moskva shahridagi oziq-ovqat doʻkoni boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 1963 — 1967-yillarda Moskva idorasi bazasi boshligʻi boʻlgan. 1967 — 1970-yillarda 4-sonli tibbiyot darsliklari zavodi direktori oʻrinbosari boʻlim boshligʻi. 1971 — 1972-yillarda Badiiy jamgʻarmasining Moskva amaliy sanʼat kombinati badiiy rahbari lavozimlarida ishlagan.

Urushdan keyingi davri



1944-yil avgustdan 1945-yilgacha Krasnoarmeysk shahridagi Saratv viloyati nomidagi miltiq pulemyot maktabidataktika oʻqtuvchisi boʻlgan. Urushdan soʻng V. V. Albetkov armiyada xizmatni davom ettirdi. 1948-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani tamomlagan. 1959-yildan polkovnik Albetkov zaxira tarkibida boʻlgan . Moskvada yashardi. 1984-yil 17-aprelda vafot etdi.

Mukofotlari




Qabri




Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz