Veniamin Akudin




Veniamin Georgiyevich Akudin (1936.3.1, Mirzachoʻl, hozirgi Guliston sh.) 279 — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Respublika rassomlik bilim yurtida (1951-56), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida (1957-62) taʼlim olgan, shu institutda oʻqituvchilik qilgan (1962-72); 1961-yildan Respublika qoʻgʻirchoq teatrida ras-som. Dekoratsiya eskizlari, qoʻgʻirchoqlari asar mazmuniga mosligi bilan diqqatga sazovor. A. yaratgan koʻpgina qoʻgʻirchoqlar (Kachal polvon, Oygul, Baxtiyor va boshqalar) bolalarning sevimli ovunchoqlariga aylandi. Qoʻgʻirchoq teatri jamoasi bilan birga koʻpgina mamlakatlarda boʻlib, safar taassurotlari asosida akvarel rasmlar turkumini yaratdi („Birma-72“, „Hindiston-77“, „Kobul-80“, „Bolga-riya-82“; „Chimyon“, 1995).

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz