Vengriya-Sovet doʻstligi yodgorligi
Vengriya-Sovet doʻstligi yodgorligi — Moskvadagi Leningradskiy prospektida Doʻstlik bogʻida oʻrnatilgan.
Tarix
1975-yilda, Vengriya Qizil Armiya tomonidan fashist bosqinchilaridan ozod qilinganining 30-yilligi sharafiga, Budapeshtda, Doʻstlik bogʻi barpo etildi va vengriya-sovet doʻstligi yodgorligi oʻrnatildi.
Yodgorlikning tantanali ochilish marosimida uning nusxasi Sovet Ittifoqiga sovgʻa qilinishi eʼlon qilindi.
Bir yarim yil oʻtgach, 1976-yil sentabr oyida Vengriya yodgorligining „egizagi“ Moskvadagi Doʻstlik bogʻida daryo stantsiyasi yaqinida oʻrnatildi.
Vengriyadagi siyosiy tizimning oʻzgarishi va natijada koʻplab qadriyatlar, shu jumladan Ulugʻ Vatan urushiga boʻlgan munosabat qayta koʻrib chiqilgandan soʻng, Budapeshtning Doʻstlik bogʻidagi yodgorlik demontaj qilindi (hozir u „Yodgorliklar bogʻida“, Moskva sanʼat bogʻining analogi) joylashgan. Moskvada Vengriya-Sovet doʻstligi yodgorligi bugungi kungacha oʻz oʻrnida.
Yodgorlik, 10 metrli stela boʻlib, barelyefda ikki ayol (rus va venger) osmonga kaptarlarni uchirayotgani tasvirlangan. Barelyef ostidagi yozuvda shunday deyilgan: „Abadiy vengriya-sovet doʻstligi bizning ozodligimiz va tinchligimizning garovidir!“.
Havolalar
uz.wikipedia.org