Venesianov Aleksey Gavrilovich




Aleksey Gavrilovich Venesianov (ruscha: Алексей Гаврилович Венецианов; 18-fevral 1780-yil — 4-yanvar 1847-yil) rus rassomidir. U rus tasviriy sanʼatida maishiy janr asoschilaridan biri hisoblanadi. Dastlab ishqiy munosabatlarni madh etuvchi lirik portretlar yaratdi. Ayniqsa, uning ijodida dehqonlar hayoti aks etgan va rus tabiati goʻzalligi nozik did bilan ifodalangan asarlar alohida oʻrin tutadi. „Shudgorda. Bahor“, „Dehqon cholning boshi“, „Zaharka“, „Lavlagi tozalash“ va boshqalar shular jumlasidan. U koʻp asarlarini natura (borliqning oʻziga qarab chizish) dan ishlagan.

Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz