Venepunksiya




Venepunksiya (venalar va lot. punctio — sanchish) — diagnostika (kontrast modda yuborib rentgen qilish) yoki davolash (dori yuborish) maqsadida vena qon tomiriga nina sanchish. Agar venaga punksiya orqali kateter qoʻyilsa, bir necha kungacha dori yuborib turish ham mumkin. Koʻpincha oʻmrov osti va uyqu venalari punksiya qilinadi. Juda zarur hollardagina (ahvoli ogʻir bemorga surunkasiga va koʻp miqdorda qon va b. suyuq dorilar yuborish lozim boʻlganda) V. qilish tavsiya etiladi, aks holda punksiya qilingan joy va atrofidagi aʼzolarning shikastlanishi, venaning yalligʻlanishi — flebit, tromboflebit, tromboemboliya kabi asoratlar roʻy berishi mumkin.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz