Vendelin Verner
Wendelin Werner (talaffuzi: Vendelin Verner) (1968-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — nemis millatiga mansub fransuz matematigi. Tasodifiy daydishlar, Brown harakati, Schramm–Loewner evolutsiyasi hamda ehtimollik nazariyasi va matematik fizika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Werner 2006-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.
Werner 1968-yilda Germaniyaning Cologne shahrida tugʻilgan. 1977-yilda Fransiya fuqaroligini olgan. Werner 1993-yilda Pierre-et-Marie-Curie universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991–1997-yillarda Fransiya Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Werner 2008-yilda Fransiya fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan.
Werner 1982-yilda Romy Schneider ishtirokidagi „Sans-Soucilik oʻtkinchi“ (fransuzcha: La passante du Sans-Souci) badiiy filmida suratga tushgan. Ayni damda Werner Zurich Shvetsariya oliy texnika maktabi professoridor.
uz.wikipedia.org