Vena qamali (kitob).
Vena qamali (inglizchasi:
The siege of Vienna ) ingliz tarixchi yozuvchisi John Stoyening Usmonli davlatining Vena qamali haqida yozgan asari hisoblanadi. Kitob dastlab ingliz tilida, Collins tomonidan 1964-yili Londonda nashrdan chiqadi. 1965-yilda Holt, Rinehart & Winston tomonidan Nyu Yorkda, 2003-yilda esa “Doğan Kitap” tomonidan Istanbulda nashr qilinadi. Kitobni turkchaga Derin Türkömer tarjima qilgan.
Asar mavzusi
Venaning 1683-yilda Usmonli davlati tomonidan qamal qilinishi (Vena jangi) Yevropa tarixidagi eng muhim voqealaridan biri hisoblanadi. Bu voqea ayni vaqtda 1945-yilda Qizil armiyaning 1945-yilgi tahdididan oldingi butun G’arbiy Yevropa uchun vujudga kelgan jiddiy xavflardan biri sifatida qabul qilinadi. Vaziyat shu darajaga yetib boradiki, butun G’arbiy Yevropa davlatlari o’rtalaridagi adovatni bir chetga surib qo’yishadi va Usmonli va tatar armiyasining bosqinchilik yurishlarini to’xtatib qolishadi. Turklarning Vena egallashiga bir baxya qolganda mag’lubiyatga uchrashi, u davrdan so’ng jiddiy o’zgarishlar bo’lishiga turtki bo’lgan edi. Usmonli davlati bu mag’lubiyatning ta’siri va natijasidan chiqib ketolmaydi. Boshqa tomondan siyosiy ta’sirini oshirishni maqsad qilgan Gabsburglar sulolasi bu voqeadan so’ng Tuna daryosining janubi va sharqida joylashgan hududlarni ta’sir doirasiga olish uchun harakatni boshlab yuborgan edi.
Hilol va xoch o’rtasida bo’lib o’tgan bu jangga shohid bo’lgan sentyabr oyi Yevropa tarixida 1914-yilga qadar davom etadigan yangi bir davrning boshlang’ichi bo’lgan edi. Bu asarning hayajonga to’la voqealarining bosh qahramonlari: g’alabaga yaqin qolganidan mag’lub bo’lgan Sadr'azam Merzifonlu Kara Mustafa posho, shaharni qutqarish uchun qahramonona harakat qilgan qo’mondon Kont Starhemberg, bir qarorga kelolmasligi tufayli shahardan ajralishiga bir baxya qolgan Imperator Leopold I va o’z armiyasi bilan g’alaba sari otlangan Yevgeniy Savoyskiy edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org