Velotsiraptor




Velociraptor  (/vɪˈlɒsɪræptər/; lotincha: „tezkor ovchi“ degan maʼnoni anglatadi) — dromeozavr dinozavrlar turkumi vakili. Taxminan 75—71 million yil oldin boʻr davrining oxirgi qismida, yashab oʻtgan jonzot. Hozirda, aniq sonlarda, ikkita turi tan olingan. Velociraptor mongoliensis turi topilma qoldiqlari Moʻgʻulistondan topilgan. Ikkinchi tur, Velociraptor osmolskae esa, 2008-yilda Xitoydan, qazilma ishlari davomida aniqlangan bosh suyak materiali asosida hisobga olingan.

Deinonychus va Achillobator kabi dromeozavrlardan nisbatan kichikroq boʻlsa-da, Velociraptor ushbu zavrlar bilan bir xil anatomik xususiyatlarga ega hisoblanadi. Velociraptor ikki oyoqli yirtqich hayvon boʻlib, uzun dumi va har bir oyogʻida kattalashgan oʻroqsimon panjasi boʻlgan. Oʻroqsimon panja oʻlja bilan kurashish va terisini yirtib jarohatlash usuli uchun xizmat qilgan, deya taxmin qilinadi. Velociraptorni boshqa dromeozavrlardan uzunchoq va nisbatan kichik bosh chanogʻi, koʻtarilgan tumshugʻi bilan ajratish mumkin.

Velociraptor (odatda „ raptor “ soʻzi bilan qisqartiriladi.) Yura davriga sayohat koʻp qismli kinofilmidagi muhim roli tufayli keng jamoatchilik orasida eng mashhur dinozavrlardan biri boʻli. Kinofilmdagi obraziga ters ravishda, real hayotda, Velociraptor tanasi oʻlchami kurkaniki bilan deyarli teng. Taxminlarga koʻra, raptor kurkadan ancha kichik boʻlishi mumkin. Boʻyi 2 metr(6.5 fut) atrofida hamda ogʻirligi 80 kg(180 ib) boʻlishi tadqiqotchilar tomonidan taxmin qilingan. Bugungi kunda Velociraptor paleontologlarga yaxshi maʼlum boʻlib, oʻndan ortiq fotoalbomlari mavjuddir. Bu koʻrsatkichlar bilamn u har qanday dromeozavrlardan koʻra olimlarga eng yaxshi tanish zavrdir.

Tarixi




1923-yil 11-avgustda Gobi choʻlining Mongoliyada joylashgan qismida, Amerika tabiiy tarix muzeyi ekspeditsiyasi paytida, Piter Kaysen fanga maʼlum boʻlgan birinchi Velociraptor qoldiqlarini topadi. Tadqiqot davomida, yirtqichning shikast yetgan holatdagi qoʻsh barmoq panjalaridan biri hamda yaxshi holatda saqlanib qolgan bosh suyagi naʼmunalari topilgan.(AMNH 6515). 1924-yilda muzey prezidenti Genri Feyrfild Osborn ekspeditsiya davomidan aniqlangan bosh suyagi va panja barmogʻini (qoʻl panjasi) yangi nomli jonzot — Velociraptor turining ilk namunasi sifatida belgilab qoʻyadi. Bu nom lotincha velox („tezkor“) va raptor („qaroqchi“ yoki „talonchi“) soʻzlaridan olingan boʻlib, hayvonning oʻziga xos tabiati va gʻosht bilan oziqlanuvchi jonzot boʻlganligi asosida berilgan. Osborn ushbu turga Velociraptor mongoliensis, deya, topilma qayd etilgan mamlakat sharafiga, nomlaydi. Oʻsha yilning boshida Osborn matbuotdagi mashhur maqolasida ushbu zavr haqida „Ovoraptor djadochtari“ ("oʻxshash talaffuzli Oviraptor bilan adashtirmang) nomi bilan tilga olgan edi. Biroq, yirtqich ilmiy jurnallarda „Ovoraptor“ nomi ostida eʼlon qilinmagani uchun yoki rasmiy tavsif sifatidaVelociraptor nomi ustuvorlikni saqlab qoladi.

Sovuq urush davrida Shimoliy Amerika jamoalari kommunistik Moʻgʻulistonni tark etgan boʻlishsa-da, sovet va polshalik olimlarning ekspeditsiyalari moʻgʻul hamkasblari bilan hamkorlikda Velociraptorning yana bir nechta namunalari topilishga sabab boʻladi. Eng mashhur topilmalardan biri 1971-yilda polshalik va moʻgʻulistonlik tadqiqotchilar jamoasi tomonidan kashf etilgan „Jangchi dinozavrlar“ toʻplami (GIN 100/25) namunasining bir qismidir. Topilma Moʻgʻulistonning milliy boyligi sifatida roʻyxatga olinadi va 2000-yilda Nyu-Yorkdagi Amerika tabiiy tarix muzeyiga, vaqtinchalik koʻrgazma sifatida, ijaraga beriladi.

1988-yildan 1990-yilgacha Xitoy va Kanada qoʻshma ekspeditsiyasi Xitoy shimolida Velociraptor qoldiqlarini aniqlashadi. 1990-yilda amerikalik olimlar Moʻgʻulistonga qaytib kelishadi va Amerika Tabiiy tarix muzeyi va Moʻgʻuliston Fanlar akademiyasi boshchiligida Gobi choʻliga qoʻshma moʻgʻul-amerika ekspeditsiyasini tashkillashtirishadi. Jamoa qazilma ishlari davomida yaxshi saqlangan skeletlarni topishadi. Shu kabinamunalardan biri, IGM 100/980, Norell jamoasi tomonidan „Ichabodcraniosaurus“ nomini oladi. Ushbu nom qoʻyilishi sababo topilma namunalarda, faqatgina dinozavr bosh suyagi, yetishmasligi edi. (Vashington Irving personaji Ichabod Crane). Norell va Makovicky uni vaqtinchalik Velociraptor mongoliensis namunasi deb hisoblagan boʻlishsa-da, 2021-yilda ush bu topilma Shri devi yangi turi sifatida qayd etiladi.

1999-yilda Xitoy-Belgiya ekspeditsiya tomonidan dinozavrning tiklangan maksillar va lakrimal suyaklar (yuqori jagʻning asosiy qismi va koʻz boʻshligʻining oldingi chetini tashkil etuvchi suyak) Velociraptorga tegishli ekanligi aniqlanadi. Biroq, V. mongoliensis turi bilan oʻxshashliklar topilmaydi. Paskal Godefroit va uning hamkasblari 2008-yilda ushbu suyaklarga V. osmolskae (polshalik paleontolog Halszka Osmólska sharafiga) deya nom berishadi.

Tuzilishi




Velociraptor oʻrta boʻyli dromeozavr boʻlib, uning vazni va oʻlchami boʻyicha turli xil taxminlar keltirilgan. Ilk kichraytirilgan tavsifda boʻyi 2.07 metr(6-9 fut atrofida) va ogʻirligi 15 kg(33 ib) gacha boʻlishi mumkin deyiladi. Oʻrtacha vazndagi raptor taxminan, 19.7 kg ekanligi (43.5 ib) hamda jussasi eng yirik boʻlgan raptor 2.5 metr(8.2 fut) uzunlikdagi boʻy va tana massasi 25 kg(55 ib) atrofida boʻlishi mumkinligi eʼtirof etilgan. 25 sm(10 in)gacha kattalikdagi bosh suyagi uzunchoq, oʻziga xos ravishda yuqoriga egilgan, ustki yuzasi botiq va pastki qismi qavariq shaklda boʻlgan. Jagʻlari tepa va pastki qismda 26-28tadan keng qatorli tishlar bilan qoplangan. Zavrning tishlash kuchini orqa jagʻ tishlari bosimi belgilab berardi.

Velociraptor, boshqa dromeozavrlar singari, tuzilishi va moslashuvchanligi boʻyicha zamonaviy qushlarning oyoq suyaklarida boʻlgani kabi uchta yirik tirnoqli kaltagina manus („qoʻl“)ga ega edi. Ikkinchi raqamli barmogʻi eng uzuni birinchisi esa eng qisqasi edi. Oyogʻidagi birinchi barmogʻi boshqa teropodlarda boʻlgani kabi, eng kichik oanjasi edi. Biroq, koʻpchilik teropodlarning oyoqlaridagi uchala panjalar yerga tegib turgan holda harakatlangan boʻlsa, Velociraptor kabi dromeozavrlar faqat uchinchi va toʻrtinchi panjalariga tayangan holatda harakat qilgan.

Velociraptorni mashhur qilgan tana aʼzolardan bir bu ikkinchi panjasining orqa qismida joylashgan, gʻayritabiiy ravishda, harakatlanganda yerdan uzulib turuvchi oʻtkir tirnoqli oʻroqsimon panjasidir. Ushbu barmoq 6.5 sm (2.5in) hamjgacha oʻsishi mumkin boʻlgan. Vazifasi, katta ehtimol bilan, kurashayotgan oʻlja terisni yirtish yoki uni ushlab turish uchun foydalaniladigan vaxshiy qurilma vazifasini bajargan.

Boshqa dromeozavrlarda boʻlgani kabi, Velociraptor dumi ham umurtqa pogʻonasining yuqori yuzalarida joylashgan uzun suyak proyeksiyalari (prezigapofizlar), shuningdek, suyak osti tendonlariga ega edi. Prezigapofizlar oʻninchi dum umurtqasidan boshlanib, quyruq qismdagi holatga qarab, toʻrttadan oʻntagacha, qoʻshimcha umurtqalarni mustahkamlash uchun, oldinga choʻzilgan holatda qad rostlagan. deb oʻylangan. Velociraptor topilma namunalarida bir qator dum umurtqalari S shakliga oʻxshash koʻrinishda saqlanib qolgan. Bu esa, zavrda, oʻylangandan koʻra koʻproq gorizontal moslashuvchanlik mavjud boʻlganligini tasdiqlaydi.

Teri sohasi




Velociraptorga qaraganda avvalroq yashagn dromeozavrlarning qoldiqlari oʻrganilganda tana qismipatlar bilan qoplanganligi va toʻliq rivojlangan patli qanotlari boʻlganligi aniqlangan. Velociraptorning ajdodlarida patlar boʻlganligi va ucha olish qobilyatiga ega boʻlishgani haqidagi ehtimol paleontologlarga Velociraptorning ham patlari boʻlganmi degan nazariya toʻgʻrisida uzoq vaqt bosh qotirishlariga sabab boʻlgan. Nega deganda, bugungi kunda ham, ucha olmmaydigan qushlar ham patlarining koʻp qismini saqlab qolishgan. 2007-yil sentabr oyida tadqiqotchilar Moʻgʻulistonda topilgan Velociraptorning bilagida patlar uchun ustun vazifasini bajarauvchi tirgaksimon tana aʼzosini topishadi. Paleontolog Alan Tyornerning soʻzlariga koʻra, odatda, qushlar qanotida boʻlgan ushbu suyaklar patlar tananining qayerida oʻsganligini koʻrsatib beradi hamda Velociraptorda ham patlar boʻlganligi isbotlaydi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz