Vellington ustuni
Vellington ustuni ― (inglizcha: Wellington's Column) yoki Waterloo yodgorligi. Vellingtonning 1-gertsogi xotirasiga bagʻishlangan. U Angliyaning Liverpul shahridagi Uilyam Braun va Laym koʻchalari burchagida joylashgan.
Tarixi
1852-yilda gertsog Vellington vafotidan keyin Liverpulda uning gʻalabalari sharafiga yodgorlik oʻrnatishga qaror qilindi. Mablagʻ yigʻish uchun qoʻmita tuzildi, lekin odamlar pul berishni istamadi. 1856-yili ustun quradigan haykaltarosh topish uchun dizayn tanlovi oʻtkazildi, unda Endryu Louson gʻolib chiqdi. Keyinchalik, 1861-yilda ikkinchi tanlov tashkil etildi, gertsog haykalini yasovchi haykaltaroshni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan bu safargi tanlovda Jorj Anderson Louson gʻolib chiqdi. 1861-yil 1-mayda Liverpul meri tomonidan poydevor qoʻyilgan. Qurilish 1865-yil oxirida yakunlangan.
Tavsifi
Yodgorlikning poydevori qumtoshdan, tagkursisi granitdan yasalgan. Yodgorlikning balandligi 132 fut, shu jumladan ustunning balandligi 81 fut va haykalning oʻzi 25 fut oʻlchamda. Shuningdek, poydevori kvadrat shaklda pogʻonali. Poydevorning har ikki tomonida bronza lavha, burchaklarida bronza burgutlar, yon tomonlarida gulchambarlar bor. Poydevorda Rimning Dorik ordeniga mansub chuqur oʻyilgan izli ustun oʻrnatilgan. Kuzatuv maydonchasiga olib boradigan zinapoyada 169 pogʻona bor. Ustunning yuqori qismida gumbaz bilan qoplangan silindr boʻlib, uning ustida gersogning bronza haykali oʻrnatilgan. U Vaterloo jangida qoʻlga olingan toʻplarning misi eritilib yasalgan.
Poydevorning janubiy qismidagi jezdan yasalgan lavhada Vaterloo jangi yakuni tasvirlangan. Ustunning sharqiy va gʻarbiy qismidagi relyeflarda gertsogning boshqa gʻalabali janglari aks ettirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org