Vellington mol goʻshti




Vellington mol goʻshti (inglizcha: beef Wellington) — mol goʻshtidan tayyorlangan bayramona taom: qatlama xamirda pishirilgan goʻsht. Goʻsht odatda butun katta boʻlak sifatida pishiriladi. Baʼzan taom file-minyon pirojkilari shaklida qismlarga boʻlinadi. Taʼmi yaxshi va suvli boʻlishligi uchun ovqat ziravorlar, goʻsht, qoʻziqorin yoki sabzavotli pashtet solinadi. Sous bilan tortiladi.

Nomi



Nomining kelib chiqishi Vellington gertsogi bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Vellington gertsogi Vaterloda shuhrat qozongan, bu paytda qovurilgan goʻsht allaqachon ingliz oshxonasining ajralmas qismi boʻlgan. Fransuz oshxonasida ham xamirda mol goʻshti filesi (filet de bœuf en croûte) retsepti mavjud boʻlgan. Ehtimol, Vellington nomi vatanparvarlik toʻlqinidagi taomga berilgan. Taom Yangi Zelandiya poytaxti Vellingtonda ixtiro qilingani haqidagi talqin ham mavjud . Biroq, XIX asr oshpazlik kitoblarida Vellington goʻshti haqida maʼlumot berilmagan. Los-Anjeles Tayms gazetasi 1903-yilda „Vellington mol goʻshti“ haqida eslatib oʻtgan, ammo taomning oʻzi birinchi marta 1939-yilda tasvirlangan: New York food guide Vellington mol goʻshtini shunday tasvirlaydi: tayyorlanadi, sovutiladi keyin pirog qobigʻi qarsildoq boʻlishi uchun yana pishiriladi, zamonaviy retsepti esa 1960-yillarda tasvirlangan.

„Vellington“ nomi ostida qoʻzichoq, kolbasa, tovuq, kurka yoki losos goʻshtlari xamirda pishirilgan boshqa taomlar ham mavjud.

Tayyorlanishi



Mol goʻshti har tomondan oʻsimlik yogʻida qobiq hosil qilgunga qadar qovuriladi yoki issiq pechda bir oz pishiriladi. Goʻsht har tomondan jigardan qilingan pashtet bilan qoplanadi yoki shirasi oʻzida qolishi uchun bekon boʻlaklari bilan toʻldiriladi. Keyin boʻlak har tomondan duksel — sariyogʻda piyoz va sarimsoq bilan qovurilgan mayda tugʻralgan yoki blenderda maydalangan shampinon pastasi, bilan qoplanadi va qatlama xamir bilan oʻraladi. Pirog rangi chiroyli va yaltirab chiqishi uchun tuxum sarigʻi surtiladi va oʻrtacha qizdirilgan pechda tayyor boʻlgunga qadar pishiriladi.

Toʻgʻri pishirilgan goʻsht kesilganda ichi pushti rang boʻlishi kerak. Ovqat pishirishda eng qiyin narsa pishirish vaqtini toʻgʻri tanlashdir: goʻshtni pechda kam pishirish yoki ortiqcha pishirib yuborish mumkin. Shuning uchun, „Hell’s Kitchen“ realiti-shousi boshlovchisi oshpaz Gordon Ramsay koʻpincha tanlov uchun „Vellington“ mol yoki qoʻzichoq goʻshtini tanlaydi.

Sous uchun portveyn bulyon bilan qaynatiladi, taʼbga koʻra toshchoʻp va qalampir solinadi. Vellington mol goʻshti sous va sabzavotlar bilan tortiladi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz