Veliger




Veliger , yelkancha (lot. velum — yelkan va gerum — olib yuruvchi) — koʻpchilik qorinoyoqpilar va ikki tavaqali mollyuskalarning pelagik lichinkasi. V. bir xil turlarda tuxumdan chiqadi, boshqalarida troxora lichinkasidan paydo boʻladi. V.ning velumi, oyogʻi, ichagi, koʻzlari, muvozanat organlari (statotsiyetlar), chigʻanoq bezlari boʻladi. Chigʻanoq bezlari ishlab chiqaruvchi lichinkali chigʻanogʻi (protokonxa) ichiga V. tanasining oldingi qisan boshqa organlari va organlar sistemasi kirib turadi. Baʼzi V.lar suv qaʼrida uzoq vakt suzib yuradi va suv oqimi bilan uzoq masofaga tarqalib ketadi. V. suv tubiga choʻkkach, voyaga yetgan mollyuskaga aylanadi. Chuchuk suv mollyuskalari orasida faqat dreyssenalarning V. lichinkasi boʻladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz