Veksler Devid




VEKSLER (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York universiteti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi prof. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish boʻyicha mashhur. Intellektni oʻlchash V. shkalasi, "Xotiraning V. shkalasi" testlarining muallifi. Birinchi boʻlib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar gʻoyasini ilgari surgan. V. "yolgʻonni aniqpash detektori" moslamasidan birini taklif etgan. Asosiy ishlari intellekt nazariyalari, dinamikasiga, katta yoshdagilarda intellekt va xotiraning yoshga koʻra oʻzgarishi kabi masalalarga bagʻishlangan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz