Vegar Eggen Hedenstad




Vegar Eggen Hedenstad (talaffuzi: Vegar Eggen Xedenstad; 1991-yil 26-iyunda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi. Eliteserenning „Vålerenga“ klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Hedenstad Elverumda tugʻilgan va Elverum Fotball jamoasida oʻynagan, 2006-yilda uchinchi divizionda debyut qilgan, 14 yoshida jamoadagi eng kichik futbolchiga aylangan. 16 yoshida Hedenstad „HamKam“ga qarshi shou-oʻyinda mahalliy iqtidorlardan iborat jamoada oʻynadi. „HamKam“ bosh murabbiyi Arne Erlandsen oʻyindan soʻng darhol Hedenstad bilan bogʻlandi va u bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligini aytdi. Biroq, Hedenstad Stabæk bilan shartnoma imzoladi va 2008-yilgi mavsum oldidan klubga qoʻshildi.

Hedenstad Tippeligaendagi debyutini 2008-yilning 7-iyunida Strømsgodsetga qarshi oʻtkazdi va 2008-yilgi mavsumda jami uchta oʻyinda maydonga tushdi. Stabæk Tippeligaenni yutib, chempionlik medalini qoʻlga kiritdi

2014-yilning 4-iyulida Hedenstad Eintracht Braunschweig klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi.

2017-yil fevral oyida Rosenborgga qoʻshildi. 4 mavsumdan soʻng, 2020-yil dekabr oyida Hedenstadning shartnomasi yil oxirida tugaganidan keyin „Rosenborg“ni tark etishi eʼlon qilindi.

2021-yilning 5-yanvarida Hedenstad Turkiya Superligasining „Fatih Karagumruk“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati



Hedenstad Norvegiya U15 va U23 terma jamoalarini himoya qilgan va 2013-yilgi UEFA 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan.

Hedenstad terma jamoadagi debyutini 2012-yil 15-yanvarda Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida oʻtkazdi. 2012-yilning oktyabr oyida yana Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirildi. Jon Arne Riise yoʻqligida Hedenstad butun oʻyinni chap qanotda oʻtkazdi, ekspertlarning taʼkidlashicha, Hedenstad tez orada Norvegiyaning asosiy chap qanot himoyachisi sifatida Riise oʻrnini egallaydi.

Shaxsiy hayoti



2009-yil yanvar oyida qiz doʻsti Charlotte saraton kasalligidan oʻlayotgani va umri tugashiga bir necha oy qolgani haqida bilganidan soʻng, Hedenstad professional futboldan tanaffus oldi. Oʻsha paytda atigi 17 yoshda edi. 2012-yil may oyida Hedenstad yana bir fojiali oʻlimni boshidan kechirdi, uning Stabækdagi jamoadoshi Tor Marius Gromstad 22 yoshida qurilish maydonchasidagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi.

Faoliyat statistikasi



Klub



16-oktyabr, 2022-yil holatiga koʻra[13]

Yutuqlari



Stabæk

Rosenborg

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz