Vedalar
Vedalar (sanskritcha veda — bilim)— Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): "Rigveda" (qasida, madhiya, duolar toʻplami), "Samaveda" (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob (mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon oʻzgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomgʻir, togʻlar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qoʻshiqlar, madhiyalar toʻqilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bogʻliq holda tasavvur qilingan, "Rigveda"ga koʻra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon maʼbudi, Agni — Olov maʼbudi, Yama — ajal, oʻlim keltiruvchi, Sama — Oy maʼbudasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "Rigveda" qoʻshiqlarini toʻplovchilar rishi (ilohiy qoʻshiqlarni toʻquvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, inson boʻla turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq boʻlgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar. Shuning uchun farishtalar rishilardan foydalandilar, chunki rishilar bilim egasidirlar. Rishilardan yuksakda faqat Barohim turadi. "Rigveda" kitobida qad. dunyo falsafiy tafakkurining oʻziga xos badiiy ifodasi koʻrinadi. Unda qad. hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Masalan, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tugʻilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? V.da bu va b. koʻplab bunday muammolar koʻtarilgan. Sharq faylasuflari toʻrt unsur — suv, olov, havo, tuproqni barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Bu jihatdan Veda falsafasi Arastu zamonidagi, keyinroq Forobiy zamonidagi falsafiy tafakkurga taʼsir etgan. V. adabiyoti V.dan tashqari brahmanlar, aranyakalar va upanishadlardan iborat. Qad. Hindistonda varna (kasta)chilik jamiyati vujudga kelganida brahmanlar adabiyoti rivojlangan. Brahmanlarda samhitalardagi kohinlarning diniy marosimlari sharhlab beriladi.
"Aranyakalar" (aynan "Oʻrmon kitobi") jamiyatdagi jabr-zulmdan, gʻarazli, tuban, mol-dunyoga oʻch odamlardan oʻrmonlarga qochib, yolgʻizlikda yashaganlarga bagʻishlangan.
Upanishad (maxfiy taʼlimot)lar asosan falsafiy-diniy risolalardir. Upanishadlarda falsafiy masalalar ancha keng yoritilgan boʻlib, hindlar tangrisi Brahma (Beruniyda — Barohim) borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudotlarning asosi, deb ulugʻlanadi. Upanishadlarga koʻra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo boʻlgan va oʻshanga qaytadi. Bu fikr islomdagi — sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va b.)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u bilan qoʻshilib ketadi, degan fikrlariga uygʻundir. Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dharma taʼlimotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga koʻra, har bir inson oʻzidagi ilohiy dharmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar bilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson boʻlib keladi. Aksincha boʻlsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga koʻchadi. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha: shu tabaqalar (brahmanlar, kshatriy-harbiylar, vayshya — dehqonlar, chorvadorlar, shudra — quyi tabaqa vakillari)dan kimning xalos boʻlishga tayyor va loyiq ekani haqida hindlarning fikri turlichadir. Baʼzi vedashunoslar brahmanlar va kshatriydan boshqalar qutulish (najot)ga qobil emas, chunki V.ni oʻrganishga faqat ular haqli xolos, deydilar.
Ansoriddin Ibrohimov.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Vedalar — qadimgi Hindistonning muqaddas matnlari bo‘lib, ular hind dinining, ayniqsa Vedik dinining asosini tashkil etadi. Vedalar o‘zbek tilida ham keng tadqiq qilingan va ularning mohiyati, tuzilishi hamda ma’nolari haqida ko‘plab ma'lumotlar mavjud.
Vedalar besh asosiy to‘plamdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar:
- Rigveda – eng qadimgi va eng muhim veda. U asosan g‘azallar (hymnlar) shaklida bo‘lib, tabiat kuchlari, xudolar va kosmos haqidagi qasidalarga bag‘ishlangan.
- Yajurveda – yadro o‘laroq ibodatlar, qurbonlik marosimlari uchun mo‘ljallangan matnlarni o‘z ichiga oladi. U ritual ishlatish uchun tuzilgan.
- Samaveda – musiqa, kuylash va madhiyalar to‘plami bo‘lib, ibodatlarda kuylanadigan qo‘shiqlarni o‘z ichiga oladi.
- Atharvaveda – kundalik hayotdagi amaliy bilimlar, afsunlar, dori-darmon, magiya va himoya qiluvchi parchalarni o‘z ichiga olgan.
- Upanishadlar – Vedalarning falsafiy izoh va sharhlari bo‘lib, ruh, olam, hayot va o‘lim haqidagi chuqur fikrlarni taqdim etadi.
Vedalar asosan sanskrit tilida yozilgan bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi eramizdan oldingi 1500-1200 yillarga borib taqaladi. Vedalar matnlari shifokori, olimlari va ruhoniysi bo‘lgan Brahmanlar tomonidan asrab kelinib, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda yetkazilgan.
Vedalar nafaqat diniy matn sifatida, balki qadimgi hind jamiyatining madaniy, ijtimoiy va ilmiy hayotini ham o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi. Ular shuningdek, hinduizm, buddizm va boshqa sharqiy dinlarning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Vedalar haqida yanada chuqur ma’lumot olish uchun quyidagi mavzularni o‘rganish mumkin:
- Vedik ibodat va marosimlar
- Vedalarda xudolar va ularning rolini
- Vedik falsafa va kosmologiya
- Vedik davr madaniyati va jamiyat tuzilishi
Agar Vedalar bo‘yicha aniqroq savollaringiz bo‘lsa, ularga javob berishdan mamnun bo‘laman.