Vecherniy zvon (Levitan)
"Vecherniy zvon" — (ruscha:
Вечерний звон) rus rassomi Isaak Levitan (1860-1900) tomonidan 1892-yilda manzara janrida ishlangan rasm. Tretyakov Davlat galereyasiga tegishli. Hajmi — 87×107,6 sm (baʼzi manbalarga koʻra: 87,5×109 sm).
Rasmda daryoning burilishida joylashgan va kechki quyosh nurlari tushib turgan monastir tasvirlangan. Baʼzi tadqiqotchilar „Vecherniy zvon“ asarini 1890-yilda ishlangan „Sokin maskan“ rasmining bir varianti sifatida koʻrishadi.
Levitan 1892-yilda „Vecherniy zvon“ kartinasi ustida ishlagan. 1892-yilning dekabr oyida tuval Sankt-Peterburgga yuborildi. Soʻngra 1893-yil Chikagodagi Butunjahon koʻrgazmasiga yuborildi, u yerda „Monastir pod prazdnik“ nomi ostida namoyish etildi. Keyinchalik, rasm faylasuflar — Ratkov-Rojnovning oilaviy kolleksiyasiga va 1918-yilda u Tretyakov galereyasiga topshirildi.
Sanʼatshunos Aleksey Fedorov-Davydovning yozishicha, „Vecherniy zvon“ asarida Levitan tasvirning umumiyligi va birligi, umuman qismlarning uygʻunligi taassurotiga erishishga muvaffaq boʻlgan.
Sanʼatshunos Vladimir Petrovning soʻzlariga koʻra: „Levitanning eng yaxshi, badiiy jihatdan mukammal asarlaridan biri“.
Rasmning tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasm ustida ishlash
Botayotgan quyosh nurlari ostida monastirning koʻrinishini aks ettiruvchi rasmni yaratish gʻoyasi Levitanga 1887-yilda Zvenigorod yaqinidagi Slobodkada yashagan vaqtida, quyosh botganda Savvino-Storojevskiy monastirini tomosha qilganida paydo boʻlgan.
Ikki yil oʻtgach, Levitan rasmlar uchun yangi motivlarni izlab Yuryevetsga bordi va undan unchalik uzoq boʻlmagan joyda u kichkina monastirni koʻrdi. Bu esa uning ushbu manzarani chizish istagini jonlantirdi.Levitan 1892-yilda „Girdobda“ kartinasi ustida ishlashni tugatgandan soʻng „Vecherniy zvon“ rasmini yaratdi.
Yaratilgandan keyin
1892-yil dekabrda „Vecherniy zvon“ kartinasi „Vid monastirya nakanune prazdnika“ nomi ostida Sankt-Peterburgga, Badiiy akademiyaga, 1893-yil Chikagodagi Butunjahon koʻrgazmasiga yuborildi. Tuval Chikagoda „Monastir pod prazdnik“ (inglizcha:
A convent on the eve of a holiday ) nomi bilan koʻrgazmaga qoʻyilgan.
Keyinchalik, kartinani faylasuflar — Ratkov-Rojnovning oilaviy kollektsiyasida, 1918-yilda — Zinaida Ratkova-Rojnovaning kollektsiyasida edi. 1918-yilda Zinaida Vladimirovna Rossiyani tark etib, Tretyakov galereyasiga bir qator sanʼat asarlarini sovgʻa qildi. Ular orasida Levitanning „Vecherniy zvon“ asari ham bor edi.
Koʻrgazmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Vecherniy zvon" kartinasi bir qator koʻrgazmalarda namoyish etildi:
Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Вечерний звон" rasmida daryoning burilish joyida joylashgan va kechki quyosh nuri tushib turgan monastir tasvirlangan. Monastir kuzgi oʻrmon bilan oʻralgan, bulutlar osmon boʻylab suzib yuradi — bularning barchasi sokin oqayotgan daryoning yuzasida aks etadi.
Qirgʻoq yaqinida qayiqlar va kichik koʻprik bor. Daryo boʻylab odamlar qayiqda suzib yuradi. Daryoning narigi qirgʻogʻidagi monastir binolari „Tixoy obitel“da tasvirlangan binolarga oʻxshaydi. Yoʻl daraxtlar ichida gʻoyib boʻlmaydi, aksincha toʻgʻridan-toʻgʻri monastir darvozasiga olib boradi.
Sanʼatshunos Serafim Drujininning soʻzlariga koʻra, kartina „yengil tinch tuygʻu“ bilan singdirilgan.
Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
uz.wikipedia.org