Veb 1.0




Veb 1.0  — bu Veb 2.0 atamasi paydo boʻlgunga qadar WWW holatiga va har qanday veb-sayt dizayni uslubiga ishora qiluvchi kontseptsiyaning retronomidir. Bu umumiy atama boʻlib, Internet uchun burilish nuqtasi sifatida koʻpchilik tomonidan qayd etilgan 2001-yildagi dot-com pufakchasidan oldin Internetni tasvirlash uchun yaratilgan.

Veb 1.0 ni ifodalashning eng oddiy shakli „ Veb 2.0 dan oldin boʻlgan Internet“ deb yuritish boʻlsa kerak. Veb-saytlarni ularda foydalanadigan texnologiya turiga qarab solishtirish odatiy hol.

Terri Flyu New Medianing 3-nashrida Veb 1.0 i Veb 2.0 ning orasidagi farqni quyidagicha ifodalagan:

rivojlanish shaxsiy sahifalardan bloglar va blog agregatorlarigacha, maʼlumotlarni oddiy eʼlon qilishdan qatnashish va muhokama qilishga qadar, katta sarmoya natijasida yaralgan sayt tuzilishidan interaktiv maʼlumot toʻplash jarayoniga va kontentni boshqarish tizimlaridan (CMS) havola teglariga asoslangan tizimlargacha (folksonomiya)

Fluening fikricha yuqorida aytib oʻtilgan omillar Veb 2.0ga boʻlgan yoppasiga qiziqish boshlanishiga olib keldi..

Veb 1.0 dan Web 2.0 ga oʻtish, ayniqsa, keng polosali internet, takomillashtirilgan brauzerlar, Ajax kabi Internet texnologiyalarining rivojlanishi, Flash ilova platformalarining koʻpayishi va vidjetlarning (masalan, Flickr va YouTube piktogrammalari) rivojlanishi ortidan sezildi.

Internetning texnologik oʻzgarishlaridan tashqari, V eb 1.0 dan Veb 2.0 ga oʻtish internetdan foydalanuvchilarning xatti-harakatlaridagi oʻzgarishlarning bevosita natijasidir. Veb 1.0 ning asosiy tendentsiyalari faqat oʻqish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga olgan veb-saytlar orqali bir tomonlama maʼlumotlar oqimidagi xavfsizlik va maxfiylik muammolari bilan bogʻliq muammolarni oʻz ichiga oladi.

Veb 1.0 ni tasvirlashda cheklanishlarga boy internetga qoʻshimcha juda koʻplab savodsiz foydalanuvchilar va internetga ulanishda juda sekin boʻlgan qurilmalarni keltirish mumkin. Endi Veb 2.0 vaqtida sayt maʼlumotlari tarqoq holda foydalanilishi mumkin. Har bir foydalanuvchi maʼlumot joylash, tahrir qilish va oʻchirish jarayonida qatnashishi mumkin..

Veb 1.0 uchun xos boʻlgan sayt elementlari bazasi



Tipik atamasi bu erda umumiy maʼnoda qoʻllaniladi — har bir Veb 1.0 sahifasida barcha roʻyxat elementlari boʻlishi shart emas. Ammo, qoida tariqasida, umumiy tendentsiya va elementlarning aksariyati mavjud edi.

Ehtimol, Veb 1.0 ga xos boʻlgan elementlar bazasi roʻyxatini shakllantirishning eng yaxshi usuli Veb 2.0 izdoshlari nimalar bilan kurashganliklari roʻyxatiga shakllantirishdir, jumladan:

Shuningdek koʻring




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz