Vazn




Vazn (arab. — oʻlchov)— sheʼrda tovush tuzilishini uyushtirish usuli. Sillabik sheʼr tuzilishicha boʻgʻin va turoq soni, tonik sheʼr tuzilishi stopalar oʻlchovi va soni bilan aniklanadi. Sheʼriy ritm, ohangdorlik hamda musiqiylikning hosil boʻlishi V. va uning xususiyatlariga bogʻliq. V. sheʼr bandi bilan aloqador boʻlgan ritm unsuri hisoblanadi. Oʻzbek sheʼriyatida koʻp qoʻllaniladigan barmoq tizimida misralardagi boʻgʻinlarning bir miqdorda va mutanosib holda, turoqlarning bir tekis, ham muayyan tartibda takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bunda V. lar tuzilishi va musiqiylikni tashkil etishdagi xususiyatlariga koʻra, sodda, qoʻshma va erkin V. larga boʻlinadi. Sodda V. da sheʼr miyeralarining umumiy boʻgʻin soni teng boʻladi. Qoʻshma V. da sheʼrlar bandidagi miyeralarning biri ikkinchisidan biror boʻgʻin ortiq yo kam, biror turok, oz yoki koʻp boʻladi. Qoʻshma V. da yozilgan sheʼrlarda 1-va 2- misralardagi turok, tartibi 3- va 4- misralarda takrorlanadi, shu tarzda ritm vujudga keladi. Erkin V. vazndan vaznga oʻtib turadi. Barmoq tizimida uch boʻgʻinlidan, yaʼni uchlikdan oʻn yettilikkacha V. lar turkumi uchraydi. Aruz V. ida musiqiylik, ritm misralardagi choʻziq va qisqa boʻgʻinlarning , ruknlarning bir tekisda takrorlanishi orqali hosil boʻladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz