Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi
Qomitaning tashkil etilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi PF-5046-son Farmoniga asosan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qoʻmita raisi Qurbonov Rustambek Javdatovich. Qoʻmita raisi o‘rinbosari Toshev Azamat Bobokulovich.
Qo'mita raisining xorijiy aloqalar va vatandoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Ahmedov Zafarbek Shavkatovich.
Qoʼmitaning asosiy vazifalari:
jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bagʼrikenglikni taʼminlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, doʼstlik va koʼpmillatli yagona oila tuygʼusi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
doʼstona xalqaro aloqalarni yoʼlga qoʼyish, oʼzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan doʼstlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;
xorijiy mamlakatlarda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan erishilayotgan yutuqlarni keng targʼib etishda, mamlakatimiz va jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichi va bosib oʼtgan tarixiy yoʼli haqidagi obʼektiv tasavvurlarni shakllantirishda koʼmaklashish;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilishda ishtirok etish;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uygʼunlashtirishga bagʼishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishda koʼmaklashish va bevosita qatnashish.
Qoʼmita oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Milliy madaniy markazlarga amaliy va uslubiy yordam koʼrsatadi;
millatlararo totuvlikning oliyjanob anʼanalarini, jamiyatda doʼstlik va hamjihatlik muhitini asrab-avaylashni, millati, irqi va diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar har bir fuqaro ongida koʼpmillatli yagona oila tuygʼusini mustahkamlashni taʼminlaydi;
yoshlarni turli millatlarga mansub keksa avlod vakillari, milliy madaniy markazlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislarning salohiyatidan samarali foydalangan holda milliy va umuminsoniy kadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni avloddan avlodga oʼtib kelayotgan umummilliy qadriyatlar, anʼana va urf-odatlarni saqlash va rivojlantirishga undash, millatchilik va ekstremistik gʼoyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetga ega boʼlgan istiqlol gʼoyalariga sadoqatli, barkamol, maʼnaviy boy, mukammal avlodni shakllantirishda qoʼmaklashish;
millatlararo totuvlik, doʼstlik va hamjihatlik, millatlararo munosabatlar madaniyatining qaror topishiga yoʼnaltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni ragʼbatlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash boʼyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat organlarida milliy madaniy markazlar va doʼstlik jamiyatlari manfaatlarini ifodalaydi, ularning faoliyatini muvofiklashtiradi, yurtimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining oʼziga xos milliy anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga koʼmaklashadi;
xorijiy davlatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi vatandoshlarimiz, ular tomonidan tuzilgan tashkilotlar, shuningdek chet eldagi turdosh tashkilotlar bilan mustahkam aloqalarni yoʼlga qoʼyishga koʼmaklashadi;
xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalarini rivojlantirish boʼyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlar hamda chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan axborot almashinuvi va hamkorlik orqali madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirishga yordam beradi;
mamlakatimizda faoliyat koʼrsatayotgan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlar bilan «xalq diplomatiyasi» asosida doʼstona munosabatlarni oʼrnatish va rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlarni olib boradi;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari masalalariga tegishli qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
jahon hamjamiyatida mamlakatimizning oʼtmish boy tarixi hamda mamlakatimiz rivojining bugungi bosqichidagi ijobiy yutuqlar haqida haqqoniy tasavvur hosil boʼlishiga koʼmaklashadi;
xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida Oʼzbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targʼib kilish boʼyicha tizimli ishlarni amalga oshiradi;
jahon hamjamiyatida Oʼzbekiston Respublikasining nufuzini va maqomini yanada oshirishga, bagʼrikeng, mehmondoʼst oʼzbek xalqining boy tarixiy anʼanalari va urf-odatlarini, mustaqil davlat barpo etish yoʼlida koʼrsatgan tengsiz jasorati va izchilligini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazishga qaratilgan choralarni amalga oshiradi;
xalqimizning boy tarixi, madaniyati, qadriyati va anʼanalarini, oʼzbek zaminida tugʼilgan buyuk olim va mutafakkirlarning barhayot merosini, ularning jahon madaniyati rivojiga qoʼshgan hissasini keng namoyon etish boʼyicha chora-tadbirlarni tashkil etadi va oʼtkazadi;
oʼzbek xalqining mamlakatimiz tashqarida mavjud boʼlgan moddiy-madaniy merosi obʼektlarini asrab-avaylashni taʼminlash maqsadida davlat hamda nodavlat tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi;
madaniy markazlar va doʼstlik jamiyatlari faoliyatining qonuniyligini taʼminlashda adliya organlari bilan hamkorlik qiladi.
Qo'mitaga oid jurnallar:
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 19-майдаги “Миллатлараро муносабатлар ва хорижий мамлакатлар билан дўстлик алоқаларини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ПФ-5046-сон Фармони, https://lex.uz/docs/-3210345
3.Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi sayt manzili: https://interkomitet.uz/
uz.wikipedia.org