Vaysxon




Vaysxon , Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (7—1428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. V. Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq boʻlib amakisi, Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415— 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. "Tarixi Rashidiy"da qayd qilinishicha, V. oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz