Vayslakker
Vayslakker (nemischa: Weisslacker) — Germaniya va AQShning Viskonsin shtatida ishlab chiqarilgan sigir sutidan tayyorlangan nemis yarim yumshoq pishlogʻi. Oʻtkir va shoʻr taʼmga ega. Yetti oy davomida tayyor boʻladi Kuchli va oʻtkir hidga ega. Bu boshqa nemis pishlogʻi Limburgerga juda oʻxshaydi. Ushbu pishloqning shinavandalari uni pivo bilan birga (koʻpincha uni pivoga botirib) isteʼmol qilishadi. Shu sababli, u „pivoli pishloq“ nomini ham olgan. Vayslakker koʻpincha nozik boʻlaklarga boʻlinib, javdar noni va tugʻralgan piyoz bilan birga tortiladi.
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org