Vayn




Vayn (voyin) — zinapoyali hovuz-quduq.

Tarixi



Hindistonda daryolardan boshqa oqar suvlar bo‘lmagani uchun vaynlardan foydalanilgan. Bobur Agra yaqinida bog‘ va uning hududida hammom barpo etganda, ularni suv bilan ta‘minlovchi uch qavatli vayn qurdirgan (1526/27-y). U boshqa vaynlardan farqli o‘laroq yirik suv inshooti hamda me‘moriy obida bo‘lgan.

Tuzilishi



Eng pastki qavatida uchta ayvon boʻlib, ular bir-biridan uch zina balandda joylashgan va suv tortish uchun xizmat qilgan. Oʻrta qavatda qaznoqli ayvon va ulkan gumbaz bo‘lgan, bu yerda ho‘kiz aylanib, charxni harakatga keltirgan. Yuqori qavatda tashqariga qaragan bir ayvon va yo‘l bo‘lgan. Yo‘lning toʻgʻrisida inshoot ta‘rixi yozilgan tosh o‘rnatilgan.
Bu vaynga yana bir choh qoʻshilgan. Uning tubi birinchi chohdan bir oz baland boʻlgan. Charx harakatga keltirilganda suv birinchi chohdan ikkinchisiga chiqqan. U yerda yana bir charh yordamida yuqoriga ko‘tarilgan va bog‘ tomonga oqqan.
Vayn ancha qiyinchilik bilan bunyod etilgan: „Ayni pashkolda qazmoqqa mashgʻul edilar, necha navbat yiqildi, muzdor(kovlovchi)larni bosti…“ („Boburnoma“, 300-b, 301a)

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz