Vayl Mark Yakovlevich
Mark Yakovlevich Vayl (ruscha: Mark Yakovlevich Vayl; 25-yanvar, 1952 — 7-sentabr, 2007) shoʻro va Oʻzbekiston rejissyori, Ilhom teatri rahbari boʻlgan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent davlat sanʼat institutining teatrshunoslik (1974) va rejissyorlik (1983) boʻlimini tugatgan. „Ilhom“ tajriba teatr studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1976-yildan). Mazkur teatr qoshida 1995-yil dramatik sanʼat maktabini ochgan. Vayl sahnalashtirgan spektakllari gʻoyaviy-badiiy yaxlit va aniqligi, oʻtkir ijtimoiyligi, sahna ifoda vositalarining serqirra va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Spektakllari: „Revizor“, „Oppoq, oppoq qora lay-lak“, „Alvido hayot“ (Bolgariya teatrida), „Meshchanlar toʻyi“ (Yugoslaviya teatrida), „Moler“, „Vavilon mehmonxonasi“ (AQSH teatrlarida) va boshqa.
Oʻlimi
Mark Vayl Toshkentdagi koʻp qavatli uylardan birining kirish qismida pichoqlab ketilgan. Xabar qilinishicha, unga ikkita nomalum erkak hujum qilgan. 2010-yilda uch nafar erkak uning oʻlimida ayblanib, qoʻlga olingan. Ular „Qur’onga taqlid“ spektakli sababli Vaylni oʻldirganini aytgan.
Tashqi havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org