Vaygach




Vaygach — Shim. Muz. okeanidagi orol, Barens va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar boʻgʻozi, Novaya Zemlya oroldan esa keng Kara Darvozasi boʻgʻozi ajratib turadi. Maʼmuriy jihatdan Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugiga qaraydi. Mayd. 3,4 ming km²,uz. 100 km, eni 45 km. Iqlimi sovuq. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, oq sichqon kabi hayvonlar uchraydi. Qirgʻoq yaqinida morj va tyulen koʻp. 1950-yildan qutb stansiyasi ishlab turibdi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz