Vaxshunvar




Vaxshunvar (mil. 5-asr) — eftaliylar podshosi. Tarixchi Feofan Vizantiyskiy (b-a.)ning maʼlumotiga koʻra, eftaliylar podshosi V. degan nom bilan yuritilgan. Uning asl ismi Eftalon boʻlib, uning qabilasini eftaliylar deb atashgan. Xitoyning "Tan shu" yilnomasi ham bu maʼlumotni tasdiqlaydi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, V. 457 y.ga kelganda Oʻrta Osiyodan tashqari, Tohariston va Badaxshonni oʻziga boʻysundirgan. Sosoniylar shohi Peroʻz V.ga qarshi 3 marta muvaffaqiyatsiz yurish qilgan va soʻnggi 3-yurishi (484 y.)da oʻzi halok boʻladi. V. Eron ustiga juda katta oʻlpon soladi va Marv, Kobul, Panjobni hamda Sharqiy Turkistondagi Qorashar, Kucha, Koshgʻar va Xoʻtanni zabt etadi. V. rahbarligida eftaliylar Oʻrta Osiyo, Sharqiy Eron, Shim. Hindiston va Sharqiy Turkiston hududlaridan tarkib topgan yagona ulkan saltanatni vujudga keltirganlar.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz