Vattmetr




Vattmetr (vatt va... metr) — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr zanjiri quvvatini oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, elektrostatik va issiqpik V.lari bor. Ishi ikki magnit maydonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aniq oʻlchaydigan elektrodinamik V. (rayem) qoʻzgʻalmas gʻaltak 1, qoʻzgʻaluvchan gʻaltak 2, prujinalar 3 va havo tinchlantirgichi 4 dan iborat. Qoʻzgʻalmas gʻaltak yoʻgʻon mis simdan kam oʻramli qilib yasaladi; u elektr zanjirga ketma-ket ulanadi. Bu gʻaltak V.ning tok chulgʻami deb ataladi. Qoʻzgʻaluvchan gʻaltak ingichka simdan koʻp oʻramli qilib yasaladi va elektr zanjiriga parallel ulanadi. Bu gʻaltak V.ning kuchlanish chulgʻami deb ataladi. Gʻaltaklarda tok oʻtganda magnit maydoni hosil boʻladi va qoʻzgʻaluvchan gʻaltak qoʻzgʻalmas gʻaltakka nisbatan vaziyatini oʻzgartiradi. Koʻzgʻaluvchan gʻaltak oʻqiga mahkamlangan V. mili zanjirdagi quvvat qiymatini koʻrsatadi. Keyingi yillarda raqamli V.lar ishlab chiqarila boshlandi. Ularning asosini mikroprotsessorlar va analog raqamli oʻzgartirgichlar tashkil etadi. Ularning aniqpigi ancha yuqori, puxta ishlaydi. Oʻlchash natijalarini raqamlarda koʻrsatadi va b.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz