Vatrushka
Vatrushka — yassi, yopgan non shaklida oshirma xamirturush xamiridan tayyorlangan boʻlib, uning oʻrtasida odatda tvorogdan yoki murabbodan iborat boʻlgan magʻzli pishiriq.
Qadimgi slavyan, rus va ukrain oshxonalari pishirigʻidir.
Tayyorlash texnologiyasi
Xamir arqonsimon shaklda oʻraladi soʻng boʻlaklarga boʻlinadi, soʻngra tayyor boʻlgan boʻlaklar esa koptoksimon shaklga keltirilib, moylangan pishirish varagʻiga ochiq tomonini yuqoriga qilib taxlanadi. 10-15 daqiqaga xamirturush dam olish uchun qoldiriladi. Doiralarning oʻrtasida diametri 5 −10 sm boʻlgan tekis dumaloq buyumdan chuqurchaga hosil qilinadi, chetlariga tuxum surtiladi va chuqurchalarga kerakli magʻz bilan qandolat xaltasiyordamida toʻldiriladi. Xamirturush dam olgandan soʻng 230-240 °C da tayyorlanadi.
Magʻizning massasi vatrushkaning umumiy ogʻirligining kamida 30% egallash kerak.
Etimologiya
Adabiy manbalarda ushbu soʻz ilk bor 1786-yilda qayd etilgan. Umumiy qabul qilingan etimologiya yoʻq. Variantlar:
Slavyan marosimlarida
Rossiyaning shimoli-gʻarbiy qismida, Yegoriy Veshniyda, birinchi chorva yaylovi kuni choʻponga pirog, vatrushka (ryazan. tuyoq) va tuxum taqdim etildi. Ivan Kupalada odatda sabzavot va sutli taomlar tayyorlanadi: vatrushka yoki sirniklar (ukr. mandrika), joʻxori unidan tayyorlangan kisel yoki kompot. Chexlar oʻz vatanlarida vatrushkalar, piroglarni bodom bilan tayyorlashardi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org