VATIN — bir yoki ikki tomoni tukli momiq polotno. Paxta, jun yoki aralash tolalardan 3-12 millimetr qalinlikda tayyorlanadi. Uch usulda: trikotaj mato ustiga paxta yoki jun tolalarini yo’rmab, yupqa paxta yoki jun tolalari qatlamining ikki tomoniga ip gazlama lentalari tikib va paxta qatlamining ikki tomoni- dan doka qoplab tayyorlanadi. Qishlik kiyimboshlarga paxta o’rniga solinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish