Vatan himoyachilari - Korenyov harbiylari yodgorligi
"Korenyovo askarlari — Vatan himoyachilari" yodgorligi — Korenyovo qishlogʻining 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan fuqarolari xotirasiga bagʻishlangan. 1993-yil 9-mayda ochilgan. Korenyovo qishlogʻi Moskva oblastining Lyubertsi tumanida (hozirgi Lyubertsi shahar okrugi, Moskva viloyati) joylashgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Korenyovo va Kraskovo qishloqlari, ular yaqinidagi Mashkovo, Marusino va Motyakovo qishloqlarining 342 nafar fuqarosi jang maydonlarida, olgan jarohatlari va kasalliklardan shifoxonalarda vafot etgan.
To‘rt metrlik yodgorlik yarim yalang‘och yarador jangchining chap qo‘li bilan jarohatini qoplab, o‘ng qo‘lida PPSh avtomati qurolini ushlab turgan relyefli shaklida namoyon boʻladi. Haykaltaroshlik qismi monolit och kulrang granitdan yasalgan. Tagkursisi qizil-jigarrang granit bilan qoplangan.
Vatan himoyachilariga atalgan yodgorlik Moskva viloyati, Lyubertsi tumani, Kraskovo qishlogʻi faxriylar kengashi tashabbusi bilan oʻrnatilgan. Korenyovo mikrorayoni ham ushbu maʼmuriy hudud tarkibiga kiradsi. Loyihani ishlab chiqishda faxriylar faol ishtirok etgan.
Yodgorlik majmuasi muallifi haykaltarosh, RFda xizmat ko‘rsatgan rassom, Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi A. A. Rojnikovdir.
Majmua 2005-yilda rekonstruksiya qilingan. 22-iyun, ya]ni Xotira va motam kunida Korenyovo mikrorayonida taʼmirlangan majmuaning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi.
Yodgorlikni rekonstruksiya qilish ishlari Kraskovo qishlogʻi maʼmuriyati tashabbusi bilan boshlangan. Qishloq faxriylar kengashi, Moskva viloyati Madaniyat vazirligi koʻmagida kompozitsiya muallifi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org