Vasvi Abduraimov
Vasvi Ennanovich Abduraimov (qrim tatarcha: Vasvi Ennan oğlu Abduraimov, Васви Эннан огълу Абдураимов; 1954-yil 18-oktyabr, Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani, Tinchlik) — rus siyosatchisi, Qrimtatarlar milliy harakatining taniqli faol shaxslaridan biri, „Milli Firka“ Keneshi (Kengash) raisi.
Biografiyasi
Vasvi Abduraimovning ota-onasi barcha Qrimtatar xalqi bilan birgalikda 1944-yilning 18-may sanasida Qrimdan Fargʻona viloyatiga deportatsiya qilingan. Abduraimov 1954-yilning 18-oktyabrida O‘zbekiston SSR Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Hamza shahrida dunyoga kelgan.
Taʼlimi
1976-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining fizika-texnika fakultetini „Umumiy texnika va mehnat fanlari“ mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Fizika-matematika fanlari nomzodi, 1987-yilda Leningrad shahridagi A. F. Ioffe nomidagi Fizika-texnologiya instituti ilmiy kengashida „Yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi“ mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Karyerasi
1978—1990-yillarda Farg‘ona davlat pedagogika institutida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
1990-yilning oktyabr oyidan 1991-yilning martiga qadar — Qrim ASSR deportatsiya qilingan xalqlar ishlari boʻyicha qoʻmitasining fuqarolarni oʻz yurtiga qayta yuborish boʻlimi boshligʻi.
1991-yil may oyidan 1997-yil sentyabrgacha — Qrim Muxtor Respublikasi Taʼlim vazirligining bosh mutaxassisi.
1998—1999-yillarda — „Ostrov Krym“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari.
1999—2000-yillarda — „Krym“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari.
2000—2003-yillarda — „Qrim amaliy axborot texnologiyalari markazi“ xususiy korxonasi bosh direktori.
2003—2005-yillarda — V. I. Vernadskiy nomdagi Tauri Milliy Universiteti siyosatshunoslik kafedrasi katta oʻqituvchisi.
2005—2006-yillarda — Qrim muhandislik-pedagogika universitetining matematika kafedrasi katta oʻqituvchisi.
2006—2009-yillarda — „Poluostrov“ haftalik jurnali bosh muharriri.
2009-yildan 2013-yilga qadar — „Qrim amaliy axborot texnologiyalari markazi“ xususiy korxonasi bosh direktori.
Ijtimoiy-siyosiy faoliyati
1987-yildan — Qrimtatarlar milliy harakati faoli. Yuriy Bekirovich Osmonovning ittifoqdoshi.
2006-yil noyabr oyidan — „Milli Firka“ jamoat tashkiloti aʼzosi.
2008-yil may oyidan 2014-yil iyuliga qadar — „Milli Firka“ Kengashi raisi.
2013-yil yanvar oyidan — Ukraina Prezidenti huzuridagi Qrimtatar xalqi vakillari kengashi raisi oʻrinbosari.
2014-yil iyul oyidan hozirgi kunga qadar — Qrim respublika ijtimoiy-madaniy rivojlanish tashkiloti „Milli Firka“ tashkiloti raisi.
2014-yilda Vasvi Abduraimov Qrimning Rossiya tarkibiga kirishiga ijobiy munosabat bildiradi, Qrimtatarlar muhitida referendumga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha bir qator samarali ishlarni amalga oshiradi. Qrimtatarlar majlisini kuchli tanqid ostiga oladi. Uning soʻzlariga koʻra, Ukrainadagi Qrimtatarlar uchun „xalqning tiklanishi va uning yanada rivoj topishi uchun hech qanday istiqbol yoʻq edi“.
Oilasi
Vasvi Abduraimov uylangan, bir qizi va bir o‘g‘li bor.
Xotini — Abduraimova Asie Osmonovna, 1956-yilda tavallud topgan, pedagog.
Qizi — Dikaya Fevziye Vasviyevna, 1978-yilda tugʻilgan, pedagog va iqtisodchi.
Oʻgʻli — Abduraimov Edem Vasviyevich, 1985-yilda tugʻilgan, pedagog, axborot texnologiyalari mutaxassisi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org