Vassallik




Vassallik (lotincha: vassalus — vassal, vassus — xizmatkor) — Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada feodallar bir toifasi — vassallarning boshqasi — senorlardan shaxsiy qaramlik munosabatlari tizimi. V., odatda, senordan feod olib, evaziga muayyan majburiyatlarni: oʻz xojasini qoʻriqlashi va uning moddiy manfaatlarini himoya qilishi, bir yilda qirq kun harbiy xizmat oʻtashi yoki oʻz qaramogʻidagi mulki miqdoriga qarab otryad yuborishi, shuningdek ayrim vaqtda pul yordami berishi lozim boʻlgan. Biroq V. koʻpincha bu majburiyatlarni bajarmay, oʻz egasi — senoriga qarshi ham turgan. Oliy senor (syuzeren) vassaliga aylangan yirik feodallarning ham oʻz navbatida vassallari boʻlgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz