VASPURAKAN PODSHOLIGI
VASPURAKAN PODSHOLIGI – o’rta asrlarda Vaspurakan viloyatida joylashgan arman davlati (908-1021). Vaspurakan podsholigiga Van ko’li atrofidagi hududlar kirgan. Aholisi 1 million kishidan ziyod bo’lgai. Vaspurakan podsholigida 10 ga yaqin shahar, 4 mingdan ortiq qishloq, 72 qal’a, 115 Monastir mavjud edi. 11-asr boshlarida Vaspurakan podsholigiga turkiy qabilalar tez-tez hujumlar qilib turganlar. Vizantiya tomonidan bosib olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz