Vasiylik va xomiylik




Vasiylik va xomiylik  — OʻzR FKning 32-moddasiga muvofiq, vasiylik va xomiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga toʻliq layoqatli boʻlmagan fuqarolarning huquq va manfatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va xomiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi.vasiylar va xomiylarni bunga tegishli huquq va burchlarni qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Vasiylar va xomiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. „Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 3-moddasiga asosan, vasiylik va xomiylik ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularga taʼminot, tarbiya hamda taʼlim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishing huquqiy shakli. Vasiylik 14 yoshga toʻlmagan, xomiylik esa 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalarag nisbatan belgilanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz