Vasiylik




Vasiylik — muomalaga layoqatsiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish. Voyaga yetmaganlarga V. ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladi. Voyaga yetmaganlarga V. ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek boshqa sabablarga koʻra bunday farzandlar otaona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ularni ota-ona tarbiyalashdan yoxud huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi. 14 yoshga toʻlmagan fuqarolar, ruhiy kasal va aqli zaiflar nomidan vasiy harakat qiladi (OʻzR FK, 32-modda).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz