Vasiyatnomaning sir saqlanishi




Vasiyatnomaning sir saqlanishi  — vasiyatnoma meros ochilgandan keyingina kuchga kiradi. Unga qadar vasiyatnomaning bor-yoʻqligi va uning mazmuni sirligicha saqlanadi. V.s.s. ni aksariyat hollarda vasiyatnomani tasdiqlagan notarius yoki shunday huquqga ega boʻlgan mansabdor shaxsdan, vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqarodan talab qilinadi. OʻzR FKning 1128-moddasiga muvofiq, notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs, shuningdek vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz