Vasiyatnomani bekor qilish va o'zgartirish
Vasiyatnomani bekor qilish va oʻzgartirish — OʻzR FKning 1127-moddasiga asosan, vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda oʻz vasiyatnomasini toʻlaligicha bekor qilishi yoki unda mavjud boʻlgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, oʻzgartirish yoki toʻldirishga haqli. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qiluvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yohud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yoʻq qilib tashlash yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin.
Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma toʻlaligichga yoki keyingi vasiyatnomaga zid boʻlgan qismi bekor qilinadi. Agar vasiyat qiluvchi tomonidan keyingi vasiyatnoma oʻz navbatida bekor qilinga yoki oʻzgartirilgan boʻlsa, yangi vasiyatnoma tuzish orqali toʻlaligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org