Vasiyat bo'yicha vorislik
Vasiyat boʻyicha vorislik — OʻzR FKning 1120-moddasiga muvofiq, fuqarolarning oʻziga tegishli mol-mulkini yoki bu mol-milkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda, tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb eʼtirof etilgan. Vasiyatnoma shaxsan tuzilishi lozim. Vasiyatnomani vakil orqali tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Vasiyat qiluvchi qonun boʻyicha merosxoʻrlardan bittasini, bir nechasini yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum etishga haqli. Qonun boʻyicha merosxoʻrni merosdan mahrum etish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim etish huquqi boʻyicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Meros qoldiruvchi har qanday mol-mulk toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli.
Manbalar
uz.wikipedia.org