Vasiliy Zolotaryov
Vasiliy Andreyevich Zolotaryov (1872, Taganrog — 1964, Moskva) — rus kompozitori, musiqashunos olim, pedagog . Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist (1932), prof. (1918). Belorussiya xalq artisti (1949). Peterburg konservatoriyasini tugatgan (1900). Oʻzbekiston kompozitorlik ijodiyoti, xususan, vokal-simfonik musiqa rivojiga hissa qoʻshgan. Zolotaryovning "Oq gul" operasi, oʻzbek xalq kuylari ("Rajabiy" va "Mirzadavlat") asosidagi "Fargʻona marshi", "Oʻzbek rapsodiyasi" va raqs syuitasi (1931), "Navoiyning 6 gʻazali" vokal-simfonik syuitasi (1941), oʻzbek shoirlarining sheʼrlariga yozgan romanslari bor. Opera, balet, kamer asarlari, shuningdek, "Fuga. Amaliy oʻzlashtirish uchun qoʻllanma" (3-nashri — 1965) va boshqalar kitoblar muallifi.
Tanlangan asarlar
Bosqich
Orkestr
Konsertant
Kamera musiqasi
Pianino
Xor
Vokal
Adabiy
Manbalar
uz.wikipedia.org