Vasiliy Yepishin
Vasiliy Mixaylovich Yepishin (1907-yil 14-iyul, Sreznevo qishlogʻi, Ryazan guberniyasi, Rossiya imperiyasi — 1981-yil 31-dekabr, Moskva, RSFSR, SSSR) — sovet futbolchisi, murabbiy. SSSR sport ustasi, himoyachi ampluasida oʻynagan.
Tarjimayi holi
Vasiliy Yepishin 1907-yil 14-iyulda Ryazan guberniyasi, Srezevo qishlogʻida tugʻilgan. Klublar oʻrtasidagi SSSR chempionatlari boshlanishidan oldin Yepishin Perovoning „Krasnoye Perovo“ (1924−1929), Leningradning „Viborg Metalist“ (1930), Leningradning „Dinamo“ (1931, 1934), „Krasnaya Zarya“ (1932), ZiS Moskva (1933, 1934−1935), Dinamo Kiyev (1933) futbol klubi jamoalarida hamda Ukraina SSR futbol terma jamoasida oʻynagan.
SSSR chempionatida 1936−1938 yillarda Moskvaning „Torpedo“ jamoasida oʻynagan, 1938-yilgi chempionatda 4 ta oʻyin oʻtkazgan, soʻnggi ikki mavsumda jamoa sardori boʻlgan. 1939-yilda chempionatning „B“ guruhida Moskvaning „Burevestnik“ klubi tarkibida 15 ta oʻyinda ikkita gol urdi, shundan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,Qizil Yulduz ordeni (1945-yil 19-may) va „Jasurlik uchun“ medali (1944-yil 15-yanvar), „Moskva mudofaasi uchun“ medali, „Stalingrad mudofaasi uchun“ medali bilan taqdirlangan. Vasiliy Yepishin 615 va 229-alohida avtotransport batalyonlarida, shuningdek, Belorussiya fronti artilleriya qoʻmondoni general-polkovnik Vasiliy Kazakovning shaxsiy haydovchisi sifatida xizmat qilgan.
Ulyanovskning „Torpedo“ (1947), Kishinyovning „Burevestnik“ (1950−1951), Smolenskning „Dinamo“ (1952), Vladimirning „Torpedo“ (1956−1958), Stanislavning „Spartak“ (1958−1960), Smolenskning „Tekstilshchik“ (1960), Smolenskning „Spartak“ (1961), Zelenodolksning „Progress“ (1963), Lipetskning „Torpedo“ (1964), Blagoveshchenskning „Amur“ (1965−1966), Samarqandning „Sogdiana“ (1967) futbol klubi jamoalarida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Futbolchilar orasidagi laqabi Mixalich boʻlgan. 1981-yil 31-dekabrda Moskvada vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org